Yoshlar haqida latifalar

Peshtokida «Ko‘ngil siringizni gul vositasida izhor eting!» shiori osilgan gullar do‘koniga bir yigit kiribdi.
— Menga bir dona atirgul bering, - debdi u sotuvchiga.
— Atigi bittami?
— Ha... Men juda kamgapman!
Yosh qizcha homilador bo‘lib qolibdi. Onasi:
— Qizim, o‘sha nobakor kim bizga ayt. Telefon nomerini ber, gaplashaman, debdi
Otasi esa:
— O‘sha itvachchani tutib olsam o‘ldiraman, deb tursa, uy oldiga "Ferrari" mashinasidan zo‘r kiyinib olgan o‘rta yoshlardagi bir boyvachcha yigit tushib kelibdi. Uyga kirib qizning otasiga:
— Amaki, uzr, qizingizga uylana olmayman, meni oyilam bor, lekin hamma xarajatlarni ko‘taraman. Agar o‘g‘il tug‘sa, 2ta zavod yana 5milion dollar beraman! Agar qiz tug‘sa, 1ta zavod, 2milion dollar beraman! Agar bolasi tushib qolsa...
Otasi:
— Agar bolasi tushib qolsa, qizimiz xizmatingizga muntazir.
Yangi tanishuv xizmati ochilibdi.
— Allo, yaxshi qiz, siz bilan tanishsak bo‘ladimi?
— Bo‘ladi. O‘zingizni tariflab bering.
— Men past bo‘yli, to‘lachadan kelgan, soch-soqoli o‘sgan...
— Alish, sanmisan?!
Yigit bilan bir qiz niyat bulog‘iga boribdi. Birinchi yigit niyat qilib suvga tanga tashlabdi. Keyin qiz niyat qilib tanga tashlamoqchi bo‘lgan ekan, suvga tushib ketibdi. Shunda yigit:
— Yo, qudratingdan, niyat qilsang amalga osharmisha - dermish.
Yangi kelin kuyovga:
— Nuqul dadam bilan karta o‘ynaganingiz o‘ynagan-a!.. Ora-sirada, hech bo‘lmasa, bir marta men tomongayam qarab qo‘ysangiz, kamayib qolasizmi?
— Menga qara, biz dadangnikiga bekorga kelganimiz yo‘q-ku, axir!.. Senga qarayversam, mashinaga pulni qanday yig‘ib olamiz?
Qiz yigitga qarab:
— Bitta topishmoq aytaman topsangiz sizga tegaman. Vaq-vaq qilib sakrab yuradi, suvni yaxshi ko‘radi.
Yigit: Sigir - topdimmi?
Qiz: Ha, to‘g‘ri topdingiz!
Bugun notanish nomerdan manga SMS keldi: "Jonim xafa bo‘lmang, man boshqasini uchratdim, ayb sizda emas, boshqa uchrasha olmaymiz."
— Qoyil mani xatto tanimiydigan qiz ham tashlab ketdi.
Qishloqda yashaydigan yigitlar kechasi nechida uyga qaytganini ota-onasi aniq biladi.
Chunki traktorda shovqinsiz kelib bo‘lmaydi-da.
Men sevgan qizimni kaptivamga mindirmayman, buni 2 sababi bor:
— Birinchidan sevgan qizim yo‘q. Ikkinchidan kaptivam ham yo‘q.
Voyaga yetgan yigit ota-onasiga:
— Oyijon, adajon! Bugundan boshlab men o‘zim alohida, mustaqil yashayman!
Ota-onasi:
— Juda yaxshi o‘g‘lim. Seni ulg‘ayganingdan xursandmiz, - deyishibdi.
O‘g‘li esa:
— Mana sizni narsalaringiz, yig‘ishtirib qo‘ydim, - dermish.