Yoshlar haqida latifalar
— Shu yotoqxonamizda qo‘y boqsak qanday bo‘lar ekan-a? O‘zimizni go‘sht yog‘imiz tekin bo‘larmidi?
— O‘ylab gapir o‘rtoq, sassiq hid masalasini o‘ylamadingmi?
— Havotir olma o‘rtoq bu hidga qo‘y ko‘nikib ketadi.
— Asalim sani sevaman, sanchi?
Qiz yerga qarab:
— Ha, albatta judayam.
Yigit:
— Voy mani iboli shirintoyim mandan uyalganingdan sevishingni yerga qarab aytdingmi?
Qiz:
— Axir o‘zingiz aytgansizku "ko‘zimga qarab yolg‘on gapirma", - deb.
— Nuqul qizlarga qaradim deguncha, do‘stim Dilshod yodimga tushadi.
Qo‘rqib ketgan vrach yigitdan sal nariroq surilib, g‘alati qarab turib:
— Nega qizlarga qarasangiz, birdaniga do‘stingiz yodingizga tushadi? - desa, yigit:
— Chunki Dilshod menga "Qizlarga ishonma! Ular yolg‘onchi bo‘lishadi degandi, - dermish.
— Allo, yaxshi qiz, menga SMSlar yetib kelmayapti.
Operator:
— Fikringizni to‘plang, chalg‘imasdan yana bir martta o‘qib ko‘ring-chi...
— Turmushga chiqganingga afsuslanmaysanmi?
— Nimalar deyapsan? Nima menda yurak yo‘qmi? Achinaman albatta erimga...
— Nega qiz yigitlarini qo‘lqopdek almashtirsa uni yengiltak qiz deyishadi, lekin bu ishni yigit qilsa uni qiziqqonli yigit deb atashadi?
Yigit:
— Bilasanmi, agar bitta kalit juda ko‘p qulfni ocha olsa bu tengi yo‘q kalit hisoblanadi, lekin bitta qulfga istalgan kalit to‘g‘ri kelaversa u buzuq qulf deyiladi.
Yigit:
— Qimirlamagin.
Qiz:
— Topdizmi?
Yigit:
— Ha, topdim. Hozir tiqaman.
Qiz:
— Aaaayy, og‘riyaptikuuu!
Yigit:
— E, o‘chir ovozingni nima man sanga har doim zirak taqib yuribmanmi...
— Meni ikkita farzandim bor!
— Mayli, u holda o‘tirib dam olavering!
— Nodii, anavi bola meni yana uchrashuvga taklif qilyapti.
— Chiqaver!
— Shu, bola biroz yoqmayapti-da
— Chiqaver, bola yoqmasa yoqmas. Zato qorningni to‘yg‘azib kelasan!