Yoshlar haqida latifalar

Yarim tunda uyiga qaytgan qizga eshik ochgan otasi debdi:
— Keldingmi qizim?
— Ha, dada men bugun sal vaqtliroq keldim.
— Barakalla qizim. Endi kiyinib olginda borib uxla...
Ikki sevishgan suhbatidan:
— Azizam seni bir og‘iz so‘zing, meni dunyodagi eng baxtli insonga aylantirishi mumkin. Aytchi menga turmushga chiqasanmi?
Qiz hazillashib:
— Yo‘q, - debdi.
Shunda yigit:
— Ana! Men baxtliman, - dermish
Bir yigit yo‘lda ketayotib, bir ko‘zi ko‘r cholga turtilibdi.
— Chol: Hey, qo‘ng‘iroqchani chalib yursang bo‘lmaydimi?
— Yigit: Qanaqa qo‘ng‘iroqcha?
— Chol: Bilmaysanmi ko‘r bilan ko‘r to‘qnashib ketmasligi uchun qo‘ng‘iroqcha olib yurishadi!
— Yigit: Eh, otaxon ko‘rmayapsizmi men ko‘r emasman!
— Munosabatlarimiz qiyin davri boshlandi sezyapsizmi?
— Qanday ekan?
— Bir birimizga layk bosamizu, lekin yozmaymiz...
Talaba restoranga kirib ofitsiantga:
— Bitta bulka non va bir stakan suv, - debdi.
Ofitsiant kulib:
— Shunchalik pastga urasanmi o‘zingni. Hayotga bir marta kelasan, mazza qilib, to‘yib maishat qimaysanmi, - desa
Talaba:
— Ha, to‘g‘ri aytasiz. Maishat bo‘lsa maishatda. Unda manga uchta bulka non va bir chelak suv olib keling, - dermish
Yigit va qiz uchrashuvi... Ancha gaplashishgandan so‘ng yigit:
— Jonim, menga turmushga chiqasizmi?
— Ha, albatta!
...So‘ng uzoq jimlik... Jimlikdan zerikkan qiz:
— Nega jimsiz?
— Shundoq ham ko‘p gapirib qo‘ydim...
Yangi kelinchak eriga debdi:
— Chiroyli ko‘ylaklar olib bermasangiz, sayyohatga olib bormasangiz, nima qilardingiz menga uylanib!
Eri bo‘lsa unga qarab:
— Ovqat pishirishni, shim dazmollashni baribir o‘rganmas ekansan, nima qilarding turmushga chiqib?! – debdi.
Oʻgʻil armiyadan kelibdi. Ota—onasi kutib olishibdi, stol tuzatishibdi. Otasi debdi:
— Oʻgʻlim arok ichamizmi?
— Yoʻq, yaxshisi shampanskiy ichamiz.
— Oʻgʻlim shashlik yeymizmi?
— Yoʻq, yaxshisi konfet yeyman.
Biroz vakt oʻtgach oʻgʻli xojatxonaga oʻtibdi.
Otasi miltigʻini koʻtarib yugurib chiqibdi.
Onasi:
— Ha, dadasi qayoqqa?!
— Agar bu oʻgʻling oʻtirib siysa otib tashlayman!!!
Ota o‘g‘liga aytibdi:
— Muvaffaqiyatni kaliti, hamma eplay olmaydigan ishni zo‘r bajarishdir!
O‘g‘li esa:
— Hammadan ko‘ra ishsiz o‘tirishni zo‘r eplayman. Bo‘ladimi? - dermish.
Uch botirni otasi, bolalarini uylamoqchi bo‘lib:
— Boringlar, o‘zlaringa qayliq topinglar, - debdi
Uch o‘g‘lon yo‘lga chiqibdi va kattasi bir qizni ko‘rib:
— Sizlar ketaveringlar, men shu yerdan qaytaman, - dyebdi
Ikkinchi o‘g‘lon yo‘lga tushibdi. Ikkinchi o‘g‘il ham bir qizni ko‘rib, u ham:
— Sen ketaver men ham, shu bilan qaytaman, - debdi
Kichik botir yo‘lida davom etibdi, juda ko‘p qizlarni ko‘ribdi. Har qiz chiqqanda:
— Sendan zo‘ri chiqadi, - dermish.
Toqati toq bo‘lgan oti, bir qizni ko‘rib:
— Sen ketaver, men ham shu yerdan qaytaman, - deb gapirib yuboribdi.