Yoshlar haqida latifalar
— Yaxshi qiz, sizni dastingizdan tunlari uxlay olmayapman...Tuni bilan mijja qoqmayman... Ko‘zimga uyqu kelmayapti...
Qiz yigitni ko‘zlariga qaray olmasdan, uyalib, yerga boqib debdi:
— Yaxshisi bu gapni meni otamga ayting. Meni qo‘limdan nima ham kelardi... Otam bilan gaplashganingiz ma’qul. Hammasini otam hal qiladilar. Axir tuni bilan magnitafonni adam baland qilib eshityaptilar-ku...
— Qani menga tushuntringchi, elektr motor nega aylanadi?
— Elektr quvvati ta’sir etayotgani uchun!
— Shu ham javobmi?! Nega unda dazmol aylanmaydi?
— Chunki u aylana emas.
— Yaxshi.. Nega unda elektr plitka aylanmaydi? U yumaloq-ku?!
— Chunki u g‘adir-budir. Oyoqchalari ishqalanadi.
— Tushunarli... Hm-m... Lampochka-chi?! Elektr lampochkasi! Yumaloq, silliq, oyoqchalari yo‘q! Nega lampochka aylanmaydi?
— Lampochka aylanadi-ku?!
— Qanaqasiga?!!
— U kuyib qolganda yangisini qo‘yganingizda aylantirib qo‘yyasizmi?
— To‘g‘ri... Haqiqatdan ham... Aylantiraman... Ha! Lekin uni men aylantiraman-ku, o‘zi aylanmaydi-ku?!
— Bilasizmi, bu dunyoda o‘z-o‘zidan hech narsa aylanmaydi! Ana, elektr motor ham aylanishi uchun elektr quvvati ta’sir etishi kerak!
— O‘rto, maslahat ber. Boshim qotib qoldi. Uch yigitning qaysi birini tanlay? Biri yaxshi pul topadi, ikkinchisi juda aqlli, uchinchisi zo‘r raqsga tusharkan.
— Birinchisi raqsga tushishni o‘rganolmasmikan?
— Qizim, mana shu pulni haydovchiga uzatib yuborgin.
— Men qiz bola emasman!
— Voy, maqtanishga topgan narsangni qara...
— Meni chin dildan sevarkansiz... Mana hozir ham, men tomonga tez-tez o‘girilib, har daqiqa mendan xabar olib turibsiz...
Men indamadim. "Yo‘llarda avtomobillar ko‘p, yon tomondagi oynalardan orqadagi mashinalarga qarab haydayapman" demayman-ku unga...!
Bir kuni yomg‘ir yog‘a boshlabdi. Rus qiz sayr qilgani chiqib ketibdi, turk qizi - derazani ochib yomg‘irni tomosha qila boshlabdi.
O‘zbek esa:
— Voy, kirlarimni dordan yig‘ib olay!, - deb hovliga yugurib chiqib ketibdi.
— Sizlarda "Qanday qilib 1 oy ichida millioner bo‘lish mumkin?", - degan kitob bormi?
— Bor! Mana, marhamat! Lekin sizga tavsiyamiz — bu kitobga qo‘shib "Jinoyat kodeksi"ni ham sotib oling.
— Oshpaz, manga 4ta manti bervoring.
Oshpaz:
— O‘o‘o‘, studentla kuchayibdimi?!
Student:
— 4ta mantiga qo‘shib, 24ta vilkayam bering.
— Javob bera qoling, juda-yam charchadik...
O‘qituvchi:
— Yaxshi. Mana shu qo‘limdagi ruchkaning siyohi tugasa, uyga ketasizlar.
Talabalardan biri:
— Ruchkangizni bering. Men siyohini ichib yuboraqolay!