Yoshlar haqida latifalar

Talaba kafega kirib o‘tirsa, stolga qo‘yilgan tuz va murchga ko‘zi tushibdi. Ofitsiantni chaqirib:
— Nimaga stolga tuz qo‘ygansizlar? – deb so‘rasa, ofitsiant:
— Agar yeyayotgan ovqatingizni tuzi kam bo‘lsa solish uchun, - debdi.
Talaba bo‘lsa:
— Unda nega ovqat qo‘ymagansizlar? – degan ekan.
Bir yigit ofisdagi hamkasblariga:
— Men ertaga ishga kelmayman.
Hamkasblari:
— Nega?
Yigit:
— Hozircha bilmayman. Albatta biror bahona topaman.
Mashina yo‘lida odamlar to‘planib turishsa, o‘tib ketayotgan kampir:
— Nima bo‘ldi? - deb so‘rabdi.
Shu yerda turgan odam:
— Bir talabani mashina urib ketibdi, - debdi.
Kampir xotirjam turib debdi:
— Hayriyat-yey! Men odamni urib ketibdimi debman...
Hurmatli qizlar! Agar qizlar bilan yurmaydigan yigitga turmushga chiqmoqchi bo‘lsangiz, karantin ayni vaqti.
Muddat: Karantin davri tugaguncha!
Bir qiz dugonasidan so‘rayotganmish:
— Dugonajon, shamollab qolganingda nima qilasan?
Dugonasi javob beribdi:
— Shamollaganimda aksiraman, yo‘talaman ham...!
Bir yigit qiziga SMS yozibdi:
— Qalayshan?
Qiz:
— Nega sh? s emas?
Yigit:
— Og‘zimda noshim bor!
Uchta og‘ayni gaplashib turganmish:
— Men 3 kilometrgacha maska taqmay yura olyapman.
— Men 5 kilometrgacha bemalol maskasiz yura olyapman.
Uchinchi yigit yig‘lab:
— Men 1 qadam ham maskasiz ko‘chaga chiqa olmayapman. Chunki uchaskovoy qo‘shnim bo‘ladi.
Yigit qizga:
— Hoy qiz, tushib qoldi.
Qiz:
— Senikiyam tushib qolmasin, osilib turibdi-ku!
Yigit:
— Nimani aytyapsan? Seni puling tushib qoldi.
Qiz:
— Kaliting shimingni orqa tarafida osilib turibdi. Shuni aytgandim.
TATU talabalari o‘ta aqlli robot yaratishdi.
Robot karantin tugashi bilan Grin karta o‘ynab, AQSHga ketmoqchi ekanini aytibdi.
Bir yigit uylanib, do‘sti bilan gaplashib qolibdi. Do‘sti so‘rabdi:
— Mana uylanding, endi baxtlimisan?
Uylangan yigit:
— Kim uylanib baxtli bo‘libdi?
— Kashey. Chunki uni qaynonasi bo‘lmagan.