Yoshlar haqida latifalar

Telefonimga SMS keldi.
"Qarzlaringni qaytar! Aks holda sevgan qizingni boshqa qaytib ko‘rmaysan.
O‘qib hayron qoldim. Bo‘ynimdagi shuncha katta qarzlarim bunchalik ko‘p quvonch olib keladi deb o‘ylamagandim.
Yigit bilan qiz restoranga kirishibdi. Yigit yengilroq salatlardan buyurtma beribdi.
Qiz tez-tez menyuga qarab qo‘yarmish.
Vanihoyat yigit:
— Biror issiqroq narsa buyurtma qilamizmi? - desa, qiz xursand bo‘lib:
— Ha, - debdi.
Shunda yigit ofitsiantni chaqirib:
— Bizga 2 ta qaynoq choy! - degan ekan.
Yigit qiz bilan uchrashuvga chiqibdi:
— Salom ismim Mohira.
— Salom hursandman!
— Mohira ismim.
— Hursandman!
— Meni ismim Mohira. Sizniki-chi?
— Xursand - ismim meni.

Yigit va qiz tanishuvi:
— Sizga qanday yigitlar yoqadi?
— Menga yomon yigitlar yoqadi.
— Men bir kishini yomon urganman. Hozir shifoxonada yotibdi.
— Rahmdil yigitlar ham yoqadi.
— Lekin urib qo‘yganimdan keyin rosa yig‘laganman.

Yigitlarni xotirasi yaxshi emas!
Bilasizmi nega?
Sevgan qizini birinchi ko‘rgan kuni, telefon raqamini olgan kuni, uchrashuvga chiqgan kuni, kafega borgan kuni, gul bergan kuni, ...
Bularni barchasini eslab qolishga qiynalishadi. Shuning uchun hammasini bir kunda bajarishga harakat qilishadi.
Bir yigit yaxshi kayfiyatda sevgan qizi bilan uchrashuvga ketayotsa, yo‘l chetida bir apparatga ko‘zi tushibdi.
Apparatga "Kayfiyatngni tushiradi" deb yozilgan ekan. Yigit o‘zicha:
"Hozir hech nima meni kayfiyatimni tushira olmaydi!" - debdida, tugmasini bosibdi.
Apparat yigitni chiroyli kiyimiga suv sepib yuboribdi. Yigit jiqqa xo‘l bo‘lib tursa, atrofiga ko‘p odamlar yig‘ilib ustidan mas'hara qilib kula boshlashibdi.
Yigit atrofga qarasa, boshqa apparat bor ekan U yerga "Kayfiyatingni ko‘taradi" deb yozilgan ekan.
"Nima bo‘lsa bo‘ldi!" debdida, uni ham tugmasini bosibdi. Shu payt yigitni mas'hara qilib kulayotgan odamlarni ustiga suv sepilib ketgan ekan.
Hozirgi yoshlarni bir sutka 25 soat vaqti "internetda o‘tirish"ga ketadi.
Bir oyda 30 kun san’atkorlarni yomonlab kommentariy yozishga ketadi.
35 yil umri bekorga o‘tib ketyapti. Lekin... 4 qator she’rni yodlay olishmaydi.
Imtihonga kirgan talaba bitta biletni olib, joyiga qo‘yib-qo‘yibdi. Ikkinchisini olib yana joyiga qo‘yibdi. Uchinchisini, to‘rtinchisini, ... va hakozo olib-qo‘yaversa, o‘qituvchi uni to‘xtatib reyting daftarchasiga "4" baho qo‘yib beribdi.
Boshqa talabalar hayron... "Nima uchun??? Axir u hech nimaga javob bermadi-ku?!" deyishibdi.
Shunda o‘qituvchi "Aynan bitta biletni qidiryaptimi, demak nimagadir qattiq tayinlanib kelgan-da!" degan ekan.
Bir kuni yigit qizni uchrashuvga chaqiribdi. Qiz kech kelibdi. Shunda yigit:
— Nega kech kelding? - debdi.
Qiz esa:
— Chiroyli qizlar doim kech kelishadi, desa, yigit:
— Buni bilaman! Sen nega kech qolding, - debdi.
Qorong‘u kechada "Odno"ga kirib,
Onlayn turgan qizdan ismini so‘rayman.
Ul qiz uyalib, boshini egib,
Aslida men o‘g‘il bolaman deydi.