Yoshlar haqida latifalar

Psixologiya darsida talabalar professordan ma’ruza tinglashmoqda.
Professor:
— Hozir men sizlarga insondagi 2 holatni ko‘rsatib beraman.
Professor qo‘l telefondan xohlagan raqamiga qo‘ng‘iroq qilib:
— Allo, Baxtiyor bormi? - debdi.
Go‘shakdan:
— Boshqa raqamga tushdingiz. Baxtiyorni raqami emas! - degan javob bo‘libdi.
— Bu "bezovtalanish" holati, - debdi professor.
Keyin yana telefondan o‘sha raqamga qo‘ng‘iroq qilibdi.
— Allo, Baxtiyor kelmadimi hali? - debdi professor.
— Men sizga Baxtiyorni raqami emas deb ayttimmi?! Nega tushunmaysiz?! - deb javob berishibdi.
— Bu "asabiylashish" holati, - debdi professor.
Shu payt oldi qatorda o‘tirgan talabalardan biri debdi:
— Men "shokka tushish" holatini ko‘rsatib bermoqchiman.
— Marhamat! - debdi professor va qo‘lidagi telefonni talabaga uzatibdi.
Talaba yana xuddi o‘sha raqamga qo‘ng‘iroq qilib:
— Allo, men Baxtiyorman! Meni hech kim so‘ramadimi? - debdi.
Qiz tashlab kelayotgan yigitini orqasidan baqirib:
"Meni hech qachon unuta olmaysan!" degan ekan.
O‘sha yigit hozir bu gapni kim aytganini eslay olmabdi hatto.
Kunlarning birida yoshgina qiz dugonasiga hasratini aytib ketibdi:
— Meni yigitim 2 kun avval tashlab ketdi.
Dugonasi:
— Voy dugonajon, men bo‘lsa 2 kun avval bir yigit bilan tanishib qoldim.
— Dugonajon, qanday qilib kechqurun soat 5.00 dan keyin ovqat yemaslikni o‘rgansam ekan?!
— Bilasanmi, senga bitta maslahat beraman...
— Maslahat berishni o‘zimam bilaman!
Kirish imtihonlari, oxirgi bosqich.
— Bilet torting!
— Savol: Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi...
— Xo‘sh javob bormi?
— Tayyorlanmagan edim...
— Mayli boraqoling, bahoingiz 4!
— Rahmat ada!

Yigit:
— Menga turmushga chiqsang, dunyoni istalgan shaharida dam olasan?
Qiz:
— Unday bo‘lsa, roziman!
To‘ydan keyin.
Yigit:
— Mana, xohlagan joyda dam ol!
Qiz:
— Bu nima?
Yigit:
— Dunyo xaritasini rasmi tushirilgan gilam!

— O‘g‘lim, hech qachon chiroyli qizga uylanma!
— Nimaga ada?
— Chiroyli qizlar seni tashlab ketadi!
— Xunuk qizlar ham tashlab ketishi mumkin-ku?!
— Ketsa-ketavermaydimi!
Yosh qiz doktor xonasiga yugurib kirib:
— Yordam bering, meni ari chaqib oldi...
Doktor:
— Hechqisi yo‘q! Hozir malham surib qo‘yaman, tuzalib ketadi.
Qiz:
— Qanday qilib surasiz? U allaqachon uchib ketdi-ku!
Institutda kursdoshlarim mendan saqich so‘rayvergan edi, bo‘shagan dori idishiga saqichlarimni solib oldim.
Bo‘ydoq yigitga ota-onasi debdi:
— Do‘stlaring hammasi uylanishdi. Oilasi, xotini bor. Senga alam qilmaydimi?!
Yigit debdi:
— Juda alam qiladi. Lekin nima qilay, ularga yordam berish qo‘limdan kelmaydi!