Yoshlar haqida latifalar
— Baliq. Sizniki-chi?
— Baliqchi.
Qiz xursand bo‘lib orqasiga qarasa, bir odam itini chaqirayotganmush.
— Dugonajon, seni yigiting qachon olib qochadi-yu, to‘y qilasizlar?
— Bilmadim, hozircha faqat gapni olib qochyapti!
— O‘rtoq, hayotingda yo‘l qo‘ygan eng katta xato qaysi?
— Tunov kuni o‘zim yaxshi ko‘rgan mobil o‘yinini 98% bo‘lganida "otmenit" qilib chiqib ketgandim. Uni 98% bo‘lishini men 3 soat kutgandim...
Imtihonga kirgan talaba bitta biletni olib joyiga qo‘yib qo‘yibdi.
Uzoqdan kuzatib o‘tirgan professor:
— Nega biletni qaytarib qo‘ydingiz? - debdi.
— 13 bilet ekan. Men irimchiman. Xosiyatsiz raqamli biletni olishni istamadim, - debdi talaba.
— Irim-sirimlarga ishonmang. 13-raqamli biletga ham yaxshi javob bersa bo‘ladi, - debdi professor va talabaga 13-biletni topib beribdi.
Talaba hamma savollarga javob berib "5" baho olib tashqariga chiqibdi.
Do‘stlari "Nima bo‘ldi?" deyishsa, talaba:
— O‘zi faqat 13-biletni savollariga tayyorlangan edim. Professorni laqqa tushirdim, - degan ekan.
— Ovozi yaxshi bo‘lmagani uchundir-da!?
— Yo‘q, o‘qishni bilmagani uchun!
— Yo‘q, mumkin emas!
— Nimaga?
— Men siz bilan zerikaman, siz esa meni tushunmaysiz!
— Nimaga?
— Aytdim-ku, siz meni tushunmaysiz, men esa zerikib bo‘ldim!