Yoshlar haqida latifalar

Shogird ustozidan so‘radi:
— Ustoz, nega men 2 yildan beri o‘qishga kira olmayapman? Buning sinoati nedir?
Ustoz chuqur o‘yga toldi va vazminlik bilan javob so‘radi:
— Sen quyoshning tog‘lar ortidan sekin-astalik bilan chiqishini, maysalar ustidagi qirovni qitiqlab eritib, tiniq shabnam tomchilariga aylantirishini kuzatasanmi?
— Albatta, ustoz.
— Tog‘dan sharqirab, olamga shovqin solib tushayotgan sharsharaning, daryoda sokin mavjlanayotgan suvning so‘zlariga quloq solasanmi?
— Shubhasiz, ustoz.
— Kumush qadahga to‘ldirib quyilgan mayning yuzida o‘z aksingni ko‘rganda chuqur o‘yga tolasanmi? Hayotning ma’nosi haqida fikr yuritasanmi?
— Juda ham ko‘p marta, ustoz.
— Oydek suluv go‘zalning ko‘ksiga boshingni qo‘yib, uning har bir yurak urishida namoyon bo‘lgan muhabbatni vujudingda xis qilasanmi?
— Deyarli har kuni, ustoz.
— Haa, ahmoq, kaltafahm! Vaqtingni bunaqa bekorchi narsalarga sarflamasdan ketingni bir joyga qo‘yib, qunt bilan o‘qiganingda allaqachon talaba bo‘lib yurgan bo‘larding! degan ekan.
Ikki dugona suhbatidan
— Bosadigani uchta bo‘lishi kerak. Senda esa kam ekan. Haydab bo‘lmaydi buni.
— Menda avtomat.
— Qo‘rqitmoqchimisan?!
Professor talabaga:
— XV asrda yashagan buyuk olimlar to‘g‘risida biror ma’lumot ayta olasizmi?
Talaba:
— Albatta! Ularni barchasi allaqachon vafot etishgan.
Do‘stini ko‘rgani shifoxonaga borgan yigit do‘stiga dalda berib, ko‘nglini ko‘tarib gapiraveribdi.
Bir payt kasal do‘stini ahvoli yomonlasha boshlabdi.
Yigit hayron bo‘lib qarab tursa, kasal do‘sti stol ustidan qog‘oz, ruchka olib unga yozibdi:
"Padaringga la’nat! Havo keladigan shlankani ustiga o‘tirib olding! Tur!"
Yaxshi tarbiyali bir qiz parkda skameykaga o‘tirib, kitob o‘qiyotsa, oldiga daydi kishi kelib:
— Uyalmaysizmi?! - debdi.
— Men tarbiyali qizman. Nima deyapsiz? - desa, daydi kishi:
— Tarbiyali odamlar birovni kravatiga o‘tirib olishmaydi, - debdi.
2 ta talaba uchrashib qolibdi:
— Kecha nega avtobusni orqasidan yugurib ketayotganding?
— Avtobusga pulni tejamoqchi bo‘ldim.
— Toza havoda miyamiz yaxshi ishlashi rostmi do‘stim?
— Bilmadim. Bu yil institutga kirib ketsam keyin aniq aytaman.
— Ko‘pchilik yoshlar Internetdan chiqib keta olishmayapti.
— Nega? Nima halaqit beryapti?
— Buni xohlashmayapti.
Manzilga yetib kelgan yigit haydovchidan so‘rabdi:
— Nechi pul bo‘ladi?
— 4000, - debdi haydovchi.
Yigit 2000 beribdi.
— Nega 2000? Qolgan yarmi-chi? - desa, yigit:
— Mashinada siz ham keldingiz-ku! - dermish.
Trenirovka zalida:
— Qizlar meni orqamdan yugurib yurishlari uchun "qayerga ishlashim" kerak?
— Cho‘ntakka ishlashingiz kerak.