Bir mast kishi Chorsuda taksiga o‘tirib haydovchiga:
— Meni Chorsuga olib borib qo‘ying, - debdi.
Shunda taksist:
— Siz allaqachon Chorsudasiz desa, haligi mast chontagidan pulini chiqarib, yo‘l haqqini ikki hissa to‘lab haydovchiga:
— Ikkinchi bunaqa tez haydamang, - degan ekan.
— Enajon, yoshingiz 80 ga yetibdi. Sizning hujjatlaringizni institutga qabul qila olmaymiz. Qarigan chog‘ingizda nima uchun o‘qishga kirmoqchisiz?
— Bolam, hamma gap cholimda. Cholim talaba qizlarni yaxshi ko‘radi-da.
— Uyat emasmi? Ko‘rinishdan soppa-sog‘ bo‘la turib sadaqa so‘rayapsan. Ishlasang bo‘lmaydimi?
— Men ishdan keyin so‘rayapman.
Bolg‘a bilan o‘yinchoqlarini sindirib o‘tirgan ikki yashar o‘g‘ilchasini ota koyidi:
— Bolam, nima qilyapsan?
— O‘yinchoqlarimni sindirib, ko‘paytiryapman.
“O‘pkasi yo‘q” taksichi yo‘lovchini olibdi-yu, mashinani 120km/s tezlikda hayday boshlabdi.
Qo‘rqib ketgan yo‘lovchi:
— Iltimos, sekinroq haydang, - deb qo‘rqa boshlabdi.
Haydovchi bo‘lsa:
— Qo‘rqmang, meni farishtam bor. U meni asraydi, - debdi.
Yana ozgina yurgach:
— To‘xtating, bo‘ldi, shu yerda tushib qolaman, - debdi yo‘lovchi.
Taksichi mashinasida bir o‘zi tezlikni yana oshirib, ketayotsa, orqa o‘rindiqdan kimdir:
— To‘xtating, men ham tushib qolaman, - debdi.
— Kimsan o‘zi? - so‘rabdi haydovchi.
— Seni farishtangman, - dermish boyagi ovoz.
Hayvonot bog‘i. Maymun turgan qafas yonida qizaloq oyisidan so‘radi:
— Oyi, nega maymunlar yuzlarini bo‘yab olishgan?
— Boshqa maymunlarni qo‘rqitish uchun.
— Iye, unda siz dadamni qo‘rqitish uchun bo‘yanib olar ekansiz-da, a?
Yonida indamay ketayotgan dadasi javob berdi:
— Yo‘q qizim. Onang ko‘chadagi odamlarni qo‘rqitib yubormaslik uchun bo‘yanadi.
Ikki dugona suhbatidan:
— E dugonajon, anchadan beri tobim yo‘q. Juda mazam qochyapti. O‘tib ketarmikan-a?
— Havotir olma, o‘tib ketadi. O‘tgan yili yon qo‘shnim huddi shunaqa bo‘lib yurgandi. Rahmatli, o‘tib ketdi...
Bir irimchi kishi yo‘lda ketayotgan ekan, oldidan qora mushuk o‘tib qolibdi.
Shoshilib orqasiga yetti qadam yurgan ekan, mashina urib ketibdi.
Professor:
— 1565 yili nima bo‘lgan?
Talaba:
— Shekspir tug‘ilgan.
Professor:
- 1566 yilda-chi?
Talaba:
— Shekspir bir yoshga to‘lgan.
Er xotiniga debdi:
— Xotin, mabodo men o‘lib qolsam, kimga tegasan?
Xotini:
— Kimligini bilolmadim. Lekin telefon raqamini berib ketgan, - dermish.