Yigit do‘stidan so‘rabdi:
— Seni katta opang stomatolog bo‘lib ishlaydimi?
— Ha, u stomatolog.
— Nega u bu kasbni tanlagan?
— Chunki opamga erkaklar og‘zini, ko‘zlarini katta ochib unga qarab turishlari juda yoqadi!
Bir ayolni hamkasb erkak uchrashuvga taklif qilsa, ayol unga qarab debdi:
— Nimalar deyapsiz?! Meni ertaga uchrashuvga taklif qilyapsizmi?! Turmushga chiqgan ayolman-ku axir!
Hamkasbi unga:
— Unda bugun taklif qilsam-chi? – dermish.
Bir kuni hayvonlarni armiyaga olib ketayotishsa, ayiqni borgisi kelmasdan quyondan maslahat so‘rabdi.
Quyon:
— Meni ikkita tishim borligiga armiyaga olishmadi. Seniyam faqat ikkita tishingni qoldirsak, seniyam olib ketishmaydi, - deb ayiqni tishlarini sindiribdi.
Bir payt ayiq ko‘rikdan jahl bilan chiqib kelib:
— Quyon qani?! Oyog‘im qiyshiq ekan-u, u bo‘lsa tishlarimni sindirib o‘tiribdi, - dermish.
Ikki o‘rtoq do‘stini uyiga mehmonga borishibdi. Uy eshigini yoniga yetib kelgach, yigitlardan biri eshikni oyog‘i bilan tepib taqqillatibdi.
Yonidagi do‘sti hayron bo‘lib:
— Nega eshikni oyog‘ing bilan taqqillatyapsan? - deb so‘rasa, do‘sti:
— Mezbon bizni qo‘limiz band ekan deb o‘ylasin. Aks holda u bizni quruq qo‘l bilan uyiga kirgazmaydi, - degan ekan.
— Nima uchun barcha Amerika filmlariga albatta qora tanlilar aralashishi kerak?
— Ularsiz film rangli chiqmaydi-da.
Tushkun bemor vrachdan so‘rabdi:
— Doktor, nega tahlil natijalarim bunchalik yomon?
— Siz ular uchun qancha pul to‘lagan edingiz?
— 50 ming so‘m.
— Yaxshi natijali tahlillar bizda qimmat turadi!
Qiz sevgan yigitiga debdi:
— Nega menga anchadan beri gul sovg‘a qilmayapsiz?
Yigit:
— Ol, senga butun dalani sovg‘a qildim. Xohlaganingcha terib olaver!
— Nega xotiningga yangi ko‘ylak sotib olmoqchisan? Baribir u bilan ajrashmoqchisan-ku?
— Xotinim eski ko‘ylakda sudga bormayman deyapti.
Professor talabaga:
— Nega buncha qaltiraysiz? Men bermoqchi bo‘layotgan savollardan qo‘rqyapsizmi?
— Yo‘q, ularga bermoqchi bo‘layotgan javoblarimdan qo‘rqyapman.