Bir erkak mashinasini hadeb artib, quchoqlab, ma’yus holda mashinani silab qo‘yarmush
Buni qo‘shnisi ko‘rib:
— Ha qo‘shni, mashinani sotimoqchimisiz deyman?! - desa, hali erkak:
— Yo‘g‘-ye, xotinim haydovchilik guvohnomasi oldi, - dermish.
Sms suhbati:
— Salom yaxshi qiz!
— Salom!
— Tanishsak bo‘ladimi? Ismingiz nima?
— Menikimi? Shohida.
— Meniki esa bargida.
Uch oy yo‘l harakati qoidalarini yodlabman.
Ko‘chaga mashina haydab chiqdim... Yo tavba... Undan ko‘ra uch oy duolarni yodlasam bo‘larkan!
Afandi kechasi ko‘chada daydib yursa, qo‘shnisi:
— Ha qo‘shni, yarim kechasida nima qilib yuribsiz? - desa, afandi:
— Uyqim qochib ketdi. Shuni qidirib yuribman, - debdi.
Bir kuni o‘rmonda barcha hayvonlar bazm uyushtirib o‘tirishsa, bir quyon xansirab kelib, "Joningdan umiding bo‘lsa qochib qol!" debdi.
Hamma turib qocha boshlabdi. 2 km yugurishgandan keyin sher to‘xtab:
— Men hayvonlar shohi bo‘lsam, kim quvib kelayapti, - deb so‘rasa, quyon:
— Erim uyga mast bo‘lib keldi. Jahli juda chiqqan, - dermish.
Ikki aka-uka uzoq masofani qay biri yaxshi ko‘ra olishini sinash uchun bellashishibdi.
— Aka, hov anavi o‘rmonning orqasidagi cho‘lda bir chumoli ketayapti, - desa, akasi:
— Ha, ukajon. O‘g‘il bola chumoli degin, - dermish.
Bir yigitga ko‘chada mayda pul zarur bo‘lib qolibdi.
Cho‘ntagiga qo‘l solsa, 50 ming so‘mlik chiqibdi. Atrofda hech kim yo‘q, faqat yo‘l chetida GAI xodimi turgan ekan.
— Kechirasiz, shuni maydalab bera olmaysizmi?! - debdi yigit pulni uzatib.
GAI xodimi pulga qarab turib:
— Uzr, o‘zi hozirgina postga turdim. Hali pul yo‘q, - dermish.
— Ishxonangizdagi rahbarga munosabatingiz qanday?
— Xuddi xotinimga o‘xshash. Rahbarimiz ozgina yoqadi,ozgina qo‘rqaman va birozgina boshqasi bo‘lishini istayman...
Qari qassobning ikki o‘g‘li bor ekan. Qayerda urush-janjal, qayerda o‘g‘irlik, bezorilik bo‘lsa aka-ukalarni qo‘li bo‘lar ekan.
Har qancha urinsa ham, o‘g‘illarini tarbiya qilolmagan otasi qishloq qozisiga murojaat qilibdi. Qozi ularni chaqirib kelishni buyuribdi. Ota ikki o‘g‘lini olib qozi huzuriga kelibdi.
Qozi katta o‘g‘ilni chaqirib "Uyat qani?", - deb so‘rabdi. Aka jim turaveribdi. Qozi: "Senga uyat qayoqda deyabman", - debdi. Yana jim turaveribdi.
Jahli chiqqan imom "Hoy bola, uyat qani deyabman" deb baqiribdi.
Shunda aka-uka turib qochishibdi.
Ukasi:
— Aka nima bo‘ldi, nega qochdik? - deb so‘rasa.
Akasi:
— Uka, qoch, qozining uyatini kesib ketishibdi, bizdan ko‘ryapti, - degan ekan.