Geografiya darsida:
— Boltavoy, qani bizga Panama kanali haqida gapirib ber-chi!
— Ustoz , televizorimiz Milliy, Sevimli, My5 kanallarini ko‘rsatadi, lekin bunaqa kanalni ko‘rsatmaydi.
— Dugonajon, juda omadlisan-da...
— Nega unaqa deyapsan?
— Eringni aytaman-da... Seni hecham urishmaydi, jahl qilmaydi,...
— Axir u to‘rtinchi martta uylanishi...
— Nima bo‘pti?
— Avvalgi xotinlari bilan urushib, janjallashib bo‘lgan...
Ko‘p qavatli uylarning birida er-xotin yarim kechasi uxlab yotsa, eshik jiringlab qolibdi.
Shunda xotini erini turtib "Turing, erim keldi!" desa, eri yugurib borib balkondan sakrab yuboribdi.
O‘qituvchi:
— Valijon, Vatan bu nima?
Vali:
— Vatan - bu o‘rmonlar, dalalar, bog‘lar....
O‘qituvchi:
— Yo‘q sen adashding! Vatan - bu sening onang. Qani endi, Anvarjon, sen ayt-chi, Vatan nima ekan?
Anvar:
— Vatan Valining onasi ekan.
O‘qituvchi:
— Yo‘q, sen ham adashding! Vatan sening ham onang. Tushundingmi?
Anvar:
— Ha, tushundim.
O‘qituvchi:
— Nimani tushunding?
Anvar:
— Men Vali bilan aka-uka ekanligimni tushundim.
— Dugonajon qanday qilib bir oylik maoshni bir kunda sarflash mumkin?
— Maoshingni olgin, ko‘rsataman!
Ikki aka-uka yo‘lda ketayotib, olma daraxtiga ko‘zi tushibdi. Qarasa daraxtda bir dona olma qolgan ekan. Aka olmani ukasidan oldin olaman deb shoshib daraxtga chiqib borayotsa, olma pastga tushib ketibdi. Ukasi olmani olib yeb qo‘yibdi.
— Akasi daraxtdan tushib, ukasiga
— Ko‘rdingmi, men bilan yursang olma yeysan, - dermish.
Xotin eridan so‘rabdi:
— Azizim, agar men mabodo sizni tashlab ketsam, ko‘z-yosh to‘kmaysizmi?
Eri o‘ylani-i-i-ib turib:
— Ko‘z-yosh deysanmi? Har-har zamonda yig‘lab tursam kerak...
Xotini arazlab:
— Nega endi har-har zamonda? Har doim emas?
Eri:
— Ovqatga piyozni har doim ham to‘g‘rayvermasam kerak...!?
Er-xotin mashinada ketayotishsa, eri magnitofonni ovozini baland qilib, xotiniga "Eshit!", - debdi.
Sherali Jurayevni ''Birinchi muhabbatim'' qo‘shig‘i yangray boshlabdi. Er goh rulga mushtlar, goh "uf-f" deb bosh chayqatar ekan.
Buni ko‘rgan xotini janjal boshlabdi:
— Ha, qarigan chog‘ingizda...?! Birinchi muhabbatingiz yodingizga tushib qoldimi!? Uyatsiz, beandisha, sharmanda...
Er bo‘lsa yana bosh chayqatib:
— Eh xotin, nimalar deyapsan!? Chap tarafdagi kalonkadan "chars-chars" degan tovush chiqyapti. Yangisini olish kerak endi..., - dermish.
Sinfdosh do‘stlardan biriga dedi:
— Eshmat bilasanmi, sinfdoshimiz bor-ku Toshmat.
— Xo‘sh?!
— Juda puldan qiynalib qolgan ko‘rinadi.
— Yo‘g‘-e, nega? Qayerdan olding bu gapni?
— Kecha birrov ko‘rib o‘tay deb uyiga kiruvdim. Ishonasanmi, ikki qizi yonma-yon o‘tirvolib bitta pianinoni chalyapti!
Ginekolog qabuliga homilador ayol kirib:
— Ultratovush tekshiruvidan o‘tmoqchi edim, - debdi.
Vrach:
— Yaxshi. Siz hozir nechanchi oydasiz? - deb so‘rabdi.
— Menmi? Men beshinchi oy - maydaman. Siz qaysi oyda yashayapsiz doktor? - dermish ayol.