Avtobusda bir odam aksiribdi. Hamma unga “Sog‘ bo‘ling” debdi. O‘sha odam yana aksiribdi. Yana unga “Sog‘ bo‘ling!” deyishibdi. Uchinchi marta aksirgandi bir kishi “Tushunmayapti shekilli. Budte zdorovы!” degan ekan.
O‘zbek xitoylikdan so‘rabdi:
— Sizlarda aholi necha kishi?
Xitoylik aytibdi:
— Bizda aholi 1 mlrd. 300 mln.dan ortiq. Sizlarda-chi?
O‘zbek:
— Bizda 32 mln. aholi bor, - debdi.
Shunda xitoylik o‘zbekka qarab:
— Unda hammalaring bir-birlaringni tanisalaring kerak-a? – debdi.
Angela Merkel:
— Putin, biz paradga bora olmaymiz.
Putin:
— Juda yaxshi, biz asirlarning ishtirokini rejalashtirmagan edik...!
Bitta erkak yiqilib tushib, boshini yorib olibdi. Qonini yalab ko‘rib, “Peshonam sho‘r ekan”, - dermish.
Yosh qiz 101 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib debdi:
— Allo, bu yong‘in o‘chirish xizmatimi?
— Ha, gapiring!
— Men 5-qavatda yashayman. Uyimga bir yigit chiqishga harakat qilyapti...
— Unda siz militsiyaga qo‘ng‘iroq qilishingiz kerak!
— Qo‘ng‘iroq qildim. Ularda narvon yo‘q ekan-da!!!
Erimning shkafidan qog‘ozga o‘ralgan pulni topib oldim. Qog‘oz ustiga "Yaqinimga sovg‘a uchun!" deb yozilgan ekan. Xursand bo‘lib, cho‘ntagimdagi pullarni ham qo‘shib qo‘ydim. Menga olayotgan sovg‘asiga pul yetmay qolmasin dedim-da. Ertasi kuni qarasam, erim mashinasiga yangi g‘ildiraklar sotib olibdi. Shkafda esa pullar yo‘q...!
Ikkita kal odam bir-biri bilan janjallashmoqda:
— Seni boshing kal!
— Sen ham kalsan!
— Sen mendan kalroqsan!
— Qanaqasiga? Seni boshingda ham bir dona soch yo‘q-ku!?
— Lekin seni boshing menikidan kattaroq!!!
Ayrim ayollar ertalab oshxonaga chiqganlarida u yerda erini ko‘rishsa, "Tinchlikmi?" deb so‘rashadi...
Salom do‘stim! Bormisan, qancha bo‘pti seni uchratmaganimga?!
— Borman! Bir yil, uch oy, ikki hafta bo‘ldi mendan qochib yurganingga... Olgan qarzingni qachon qaytarasan, nomard?!
Bir kuni taksi haydovchisini mashinasiga yirtiq shim kiygan qiz o‘tirib:
— Chilonzorgacha, - debdi.
Manzilga yetib kelgach, haydovchiga qiz uzatsa,
Haydovchi:
— Qizim, shu pulingga yana pul qo‘shgin-da, ustingga bir ko‘ylak olib kiygin, - degan ekan.