Bir kun afandi poyezd relsida o‘tirgan og‘aynisiga:
— Salgina surilgin, men ham o‘tiray, - dermish.
Adasi, kayfiyatimni ko‘taruvchi, orzularga beriluvchi biror narsa aytib bering.
— Faraz qil, sohilda yotibman. Okean to‘lqinlari yuzlarimga iliq suvlarini sachratmoqda. Yonimdagi stolda bir uyum sitrus myevalar va muzdekkina shampan vinosi...
Yon-atrofimda esa go‘zal ayollar ...
— Voy adasi, men o‘sha ayollar bilan gaplashib o‘tirgan bo‘lsam kerak-a?
— Sen uyda qolgansan xotin!
Yarim soat avval qancha rejalarim bor edi. Ovqatlandim-u...
Charchagan ekanman, yotib oldim.
Gai xodimi:
— Yaxshi qiz, haydovchilik guvohnomangiz bormi?
— Ha bor.
— Qani bir tekshirib ko‘raylik...
— Iltimos, olib qo‘ymang!
— Nega?
— Chunki guvohnomadagi rasmga juda chiroyli tushgandim-da.
Bir oylik kelin yaqin dugonasiga hasrat qilyapti:
— Kecha kuni bilan chuchvara tugdim. Kechqurun erim kelib…
— Xo‘sh, xo‘sh? Nima dedi ering?
— “Qaytib bunaqangi chuchvara sotib olma” dedi.
Bir yigitni sehrgar sehrlab qo‘yibdi. U bir yilda faqat bitta so‘z ayta olar ekan. O‘sha yigit chiroyli qizni sevib qolibdi. Unga "Men sizni sevaman" deyish uchun 3 yil hech kimga gapirmay so‘z yig‘ibdi. Vaqti kelib, uch yil o‘tib, yigit qizni yoniga kelib hayajon bilan:
— Men sizni sevaman, - debdi.
Shunda qiz sochlarini orasidan ko‘rinib turgan naushniklarni qulog‘idan chiqarib:
— A-a-a. . .!? - degan ekan.
— Menga qara do‘stim. O‘zga sayyoraliklarni o‘ldirsa ham qamashadimi?
— Ha! Faqat jinnixonaga!
Geografiya darsida o‘qituvchi Anvardan so‘rabdi:
— Tur Anvar! Yerni shakli qanaqa?
Anvar:
— Uchburchak, ustoz.
— O‘tir ikki!!!
— Mayli ustoz, yer dumaloq! Hali ko‘ramiz...!
Yangi ishga kirayotgan yigit suhbatdan oʻtayotib korxona rahbarining “Uylanganmisan?”, degan savoliga shunday javob berdi:
— Yoʻq, men uylanmaganman. Ammo buyruqqa soʻzsiz boʻysunaman… Armiyada oʻrgatishgan.
O‘quvchi darsga ikki xil tuflida kelibdi. Biri oq biri qora ekan. Uni ko‘rgan o‘qituvchisi:
— Bor uyingga, almashtirib kel! - desa, o‘quvchi:
— Uyda ham huddi shunaqasi qolgan-da, - dermish.