Nikoh to‘yida kuyov jo‘ra so‘zga chiqib debdi:
— Do‘stim, sen uylanayotgan qizni men umuman bilmayman. Shuning uchun seni tabriklay olmayman...
Lekin men kuyov bolani juda yaxshi bilaman. Shuning uchun kelin bola afsus, sizni hecham tabriklay olmayman!
Xotin eridan so‘rabdi:
— Oylik oldingizmi adasi?
Eri kesatishli ohangda:
— Bugunmas! Charchadim! - dermish.
Mast holda uyga kelgan erini ko‘rib, xotinini jahli chiqibdi:
— Yana ichib keldingizmi? Ichgan joyingizga boring!
Er o‘zida yo‘q xursand, telefonini olib kimgadir qo‘ng‘iroq qilib debdi:
— Og‘ayni shoshmay turinglar! Men ham boraman! Ruxsat oldim!
Ofisda o‘tirgan kotibaga boshliq ichkari xonadan baqiribdi:
— Dilya, qog‘oz olib kiring, tez!
Shoshib qolgan kotiba:
— A4 danmi, A3 danmi?
Boshliq
— Elma dan olib kiring! Hojatxonadaman!
18 yoshli qizlarga onasi yigitdan gap ochsa, qizlar: "Chiroylimi?" deb so‘rashadi.
25 yoshga kirgan qizlarga gap ochishsa, "Yaxshi yigitmi?" degan savolni berishadi.
30 yoshga chiqganlarida esa "Yigit" deyishsa, "Qani? Qayerda?" deyisharkan.
Bir bemor stomatologga kelsa, ichkaridan bittasi xursand chiqib ketayotganmush.
— Nega buncha xursandsiz? - desa, haligi odam tishini ushlab:
— Xudoga shukur, vrach yo‘q ekan, - dermush.
Tiqilinch bozordagi do‘konlardan biriga kirib, o‘zimga palto tanlayotsam, sotuvchi birdaniga baqirib qoldi:
— Qani anavi ablah?! Hozirgina shu yerda paltolarni olib kiyib ko‘rayotgan edi. Qochib ketdimi???
— Shu yerdaman! - dedim.
— Ha shu yerdamidingiz? Tanimay qolibman sizni, - dedi sotuvchi.
Darhol egnimda turgan paltoni sotib oldim. Men tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib ketibman demak!!!
G‘ulomjonning ikkita balig‘i bo‘lgan ekan.
Bir kuni baliqlari soyga cho‘milgani borib, oqib ketibdi.
Toshkentdan Qashqadaryoga tekshiruvchi boribdi. Tekshiruvchini bugun bu choyxonada, ertaga u choyxonada. Xullas, bir hafta mehmon qilishibdi.
Yana choyxonaga olib kirishganda ofitsiant kelib:
— Nima buyurasilar? - deb so‘rabdi. Go‘sht yeyishdan charchagan tekshiruvchi:
— Uka, go‘shtsiz ovqatlardan nima bor? - deb so‘rabdi.
Ofitsiant uylanib turib:
— Tabaka bor aka! - degan ekan.
Bir kishini uyiga o‘t ketibdi.
O‘t o‘chiruvchilarga qo‘ng‘iroq qilsa, operator gapira boshlabdi:
"Oshxonangiz yonayotgan bo‘lsa 1 raqamini bosing, mehmonxonangiz yonayotgan bo‘lsa 2 ni bosing, yotoqxona yonayotgan bo‘lsa 3 ni bosing, ..."
Haligi kishi shoshib-pishib bitta raqamni bosibdi. Operator yana gapiraveribdi:
"Operator bilan 10 daqiqadan so‘ng bog‘lana olasiz".
Uyi yonib kul bo‘lgan kishi:
"Rahmat! Uyim yonib bo‘ldi!" deb telefonni qizil tugmasini bosib qo‘ygan ekan.