Qiz onasiga telefon qilib:
— Oyijon, meni o‘g‘irlab ketishvatti! - desa, onasi:
— Voy qizim, qanaqa mashinada? - so‘rabdi.
— Malibu, - desa:
— Baxtli bo‘l qizim! - dermish onasi.
Juda ziqna, qizg‘anchiq bolakaydan ustozi so‘rabdi:
— Senda 6 ta olma bor edi, yarmini o‘rtog‘ingga bersang, qancha olmang qoladi?
— Besh yarimta qoladi ustoz, - debdi bolakay.
Afandidan o‘qituvchisi so‘rabdi:
— "O‘g‘irladi" so‘zi o‘tgan zamonda qanday bo‘ladi?
— "O‘g‘irlagan edi" bo‘ladi.
— Kelasi zamonda-chi, qanday bo‘ladi?
— "Qamoqda" bo‘ladi, ustoz!
Xotini kasal er yonida o‘tirib, hamdardlik bildiryapti:
— Xotin, sen kasal bo‘lguncha men bo‘lmaymanmi? Azroil meni jonimni olsa ham mayli edi, - deb tursa, shu payt azroil kirib kelib qolibdi. Afandi shosha-pisha:
— Assalomu alaykum! Azroil hazratlari, kim kasal, kim sog‘ o‘zingiz ko‘rib turibsiz, - dermish.
Bir kuni ikkita qurt gaplashib o‘tirishsa, biri hadeb qimirlayveribdi.
Shunda yonidagisi unga qarab:
— Nega hadeb tipirchilaysan!? Ichingda qurting bormi? - degan ekan.
Sudya:
— Eringiz sizni mushugim deb erkalar ekan. Nega ajrashaman deyapsiz?
Xotin:
— Axir erim "Mushuklar balandlikdan sakrasa, oyog‘i bilan tusharkan" deb derazadan tashlab yubormoqchi! - dermish.
Bir ayol gazetaga e’lon beribdi:
— Ichmaydigan, chekmaydigan odamga turmushga chiqaman. 5 xonali uyim, dalahovlim, 2 ta mashinam bor.
E’londan ko‘p o‘tmasdan, bir mast kishi qo‘lida sigaret ayolni eshigini taqillatibdi:
— Kechirasiz, gazetadagi e’lon bo‘yicha kelgandim.
Ayol:
— Iye, men gazetaga ichmaydigan,chekmaydigan odam kerak deb e’lon bergandim.
— To‘g‘ri, shunchaki mendan umid qilmang! Shuni aytib qo‘yishga kelgandim.
YPH xodimi mashinani to‘xtatib debdi:
— Siz soatiga 120 km tezlikda kelyapsiz. Aslida 60 km/s da yurish kerak.
Haydovchi:
— Axir biz ikki kishimiz-ku, - degan ekan.
Ikki dugona kecha bo‘lib o‘tgan maishat haqida suhbatlashmoqda:
— Kecha narigi bo‘limda ishlaydigan bir surbet yigit butun oqshom ortimdan yurdi-ya...!
Dugonasi:
— Haqiqatan ham surbet ekan. Menga umuman qiyo ham boqmadi-ya...!
Bir ayol eri bilan qo‘rqinchli film ko‘rib o‘tirishsa, birdaniga ekranda dahshatli mahluq paydo bo‘lsa, ayol qo‘rqqanidan:
— Voy, oyijon!!! - deb baqirib yuborsa, eri:
— Ha, darrov tanidingmi? - dyermish.