Boshliqni yoniga kirgan kotiba debdi:
— Korxonamiz hisobidan menga isitgich olib berilsa, moliyaviy ahvolimiz yomonlashib qolmaydimi?
Boshliq:
— Yo‘q, albatta.
Kotiba:
— Unda menga mo‘ynali palto olib berishlarini buyursangiz...!
Bir qiz yigitni sevib qolib:
— Men sizni sevaman. Sizga turmushga chiqishga roziman, - debdi.
Yigit:
— Rostanmi?
Qiz:
— Ha rost!
— Unday bo‘lsa, tezroq mendan bo‘sa oling, - dyebdi yigit.
Qiz:
— Nimaga? - desa, yigit:
— Men yana qurbaqaga aylanib qolgim kelyapti, - dermish.
Uchta jinni mototsiklga o‘tirib ketayotishsa yo‘lda ularni GAI to‘xtatibdi.
Jinnilardan biri GAI xodimiga qarab:
— Ko‘rmayapsizmi? Sizga joy yo‘q! - degan ekan.
Qaynona kuyovlarini sinab ko‘rmoqchi bo‘libdi. Kuyovlari mehmonga kelgan kuni hovlisidagi basseynga qaynona o‘zini tashlabdi. Katta kuyovi ko‘rib qolib, "Oyijon" deb yugurib kelib, suvga sakrab qutqarib olibdi.
Ertasi kuni qaynona shu kuyoviga Neksiya sovg‘a qilibdi. Yana bir kun poylab o‘zini suvga tashlabdi. Bu kunni intizorlik bilan kutgan o‘rtancha kuyov yugurib kelib, kiyimlari yechmasdan suvga sakrab qaynonasini qutqarib chiqibdi. Ko‘p o‘tmay u kuyov ham Matizli bo‘libdi.
Uchinchi martta cho‘kayotganida kenja kuyov parvo ham qilmabdi. Qaynona baqirarmish: "Qutqaringlar, Yordam bering kuyov bola!!!
Kenja kuyovi buni eshitib:
— Menga velosiped sovg‘a qilgandan ko‘ra, cho‘kib ketganingiz yaxshi, - debdi.
Qaynona cho‘kib ketibdi. Marakalarni o‘tkazib, uyiga qaytmoqchi bo‘lgan kuyovni qaynotasi uni bir chepga chaqirib:
— Kuyov bola, mana kalit! Darvozani yonida turgan yangi Malibuni haydab ketarsiz...! - dermish.
Bir bolakay o‘rtog‘iga maqtanibdi:
—Meni dadam seni dadangga qarz bergan.
O‘rtog‘i javob qaytaribdi:
— Lekin dadang meni dadamdan o‘sha qarzini ololmay yuribdi-ku!
Fantamas 2 o‘g‘il farzandli bo‘libdi. Birini ismini Kolamas, ikkinchisini esa Pepsimas deb qo‘yibdi.
Dunyoda men bilgan 7 ta ajoyib kasb bor:
1. Futbolchi - o‘zi tepib o‘zi quvlaydi.
2. Tikuvchi - o‘z qirqib o‘zi yamaydi.
3. O‘qituvchi - o‘zi bilganini o‘quvchidan so‘raydi.
4. Sartarosh - o‘zi barchani sochini oladi-yu, o‘zini sochini birovga oldiradi.
5. Avtobus haydovchisi - barchani manziliga olib borib qo‘yib, o‘zi piyoda boradi.
6. Arxeolog - o‘zi yo‘qotmagan narsani izlaydi.
O‘g‘li otasidan so‘rabdi:
— Ada siz oilamizda kimsiz?
— Men - Prezidentman.
— Oyim-chi?
— Oying - davlat.
— Buvimlachi?
— Buving - prokuratura.
— Ukam bilan men-chi?
— Sizlar - xalqsizlar.
Ota komandirovkaga ketibdi. 1 haftadan so‘ng o‘g‘il otasiga SMS yozibdi:
"Ada tez keling! Davlatga boshqa prezident keldi. Prokuratura uxlab yotibdi. Xalq havotirda.
Yosh o‘smir yigit uyga bir qulog‘iga zirak taqqan holda kirib kelibdi.
Otasi buni ko‘rib:
— O‘g‘lim, qadim-qadimdan zirakni yo qaroqchilar, yo hezalaklar taqqan. Hozir derazadan tashqariga qarayman, agar tashqarida kemangni ko‘rmasam, enangni Uchqo‘rg‘ondan ko‘rsataman.
Afandi dadasiga debdi:
— Dadajon, ikkita yangiligim bor. Biri yaxshi, ikkinchisi yomon. Qaysi biridan boshlay?
Dadasi:
— Yaxshisidan boshlayqol!
Shunda afandi:
— Yangi olib bergan mashinangiz zo‘r ekan. Poygada u bilan albatta sovrinlarni qo‘lga kirita olaman. Yomon xabarni aytsam, shu olib bergan mashinangiz bilan Kaptivani orqasidan yetib olibman, - debdi.