Qimmat restoranga kirgan xo‘randa yoniga ofitsiant kelib so‘rabdi:
— Nima buyurtma berasiz?
Xo‘randa ofitsiant uzatgan menyuni sekin yopib:
— Siz menga nima tavsiya qilasiz? - desa, ofitsiant past ovozda pichirlab:
— Fursat borida bu yerdan qochib qolishni tavsiya qilaman, - degan ekan.
Jarroh operatsiya tugagandan so‘ng bemorga dedi:
— Kechirasiz, ichingizda qaychi qolib ketibdi. Sizni boshqattan operatsiya qilmasak bo‘lmaydi.
— Mayli do‘xtir. Faqat operatsiyadan keyin qornimga tugma qadab qo‘ying! Yana biror narsa qolib ketsa, badanimni kesib o‘tirmaysiz.
Bir qari chol baliq ovlab o‘tirgan ekan, militsiya kelib debdi:
— Otaxon bu yerda baliq tutish mumkin emas!
— Men baliq tutmayapman, chuvalchang cho‘miltiryapman, - debdi chol.
— Axir chuvalchangni ta’qiqlangan joyda qip yalang‘och cho‘miltiryapsiz.
Qora laylaklar Qashqadaryoda ko‘paytiriladi. buni yo‘li oson. Yozda Qashqadaryoga uchib kelgan oq laylaklar qishda qora laylakka aylanib uchib ketishar ekan.
Qabrda ikki arvoh gaplashib qolibdi. Birinchisi ikkinchisiga debdi:
— Yur, shahar aylanamiz.
— Xo‘p, yur, -debdi-da, qo‘liga tayoq olibdi.
Birinchisi:
— Bu tayoqni nima qilasan, - desa.
— Yo‘lda arvoh chiqib qoladi. Men arvohdan qo‘rqaman. Tayoq bilan uramanda!
Domla talabaga debdi:
— Agar xohlasang, men senga boy bo‘lishni o‘rgataman.
— Nega unda o‘zingiz boy bo‘lmaysiz?
— Menga o‘rgatadigan ustoz yo‘qda, - javob beribdi domla.
Bir chol ko‘chada eshak minib kelayotsa, GAI inspektori hazillashmoqchi bo‘lib, shartta to‘xtatib debdi:
— Siz nega boyadan beri bu jonivorni tayoq bilan urib kelyapsiz?
— Yurmaganidan keyin uraman-da, - javob beribdi chol.
— Qani tez kechirim so‘rang! - debdi GAI xodimi.
Shunda chol eshakka qarab:
— Seni GAIda tanishlaring borligini bilmas ekanman... - dermish.
Turkiyada Olmani Elma deyisharkan.
Afandi u yerga borib olma-olma deyaveribdi.
Bir turk yigit:
— Bizda olmani Elma deyishadi, - desa,
Afandi:
— Yo‘q, bu olmalar chirigan ekan, shunga olma-olma deyapman, - dermish.
Pullar - bevafo bo‘lishadi. Ko‘chaga aylanishga sen bilan birga chiqishadi-yu, uyga bir o‘zing qaytasan!
Ko‘zi ojiz chol dengizdan tilla baliq tutib olibdi.
Shu zahoti baliq tilga kirib debdi:
— Tila tilaging! Istagan 1 ta tilagingni bajaraman...
Shunda chol o‘ylanib turib:
— Meni chevaralarim hovlimda olmos toshlarni o‘ynab o‘tirganini uyimning 7-qavatida turib tomosha qilishni istayman.