Tolibi ilm piru komilining huzuriga kelib so‘radi:
— Ustoz, men abadiy yashashni xohlayman, buning uchun nima qilishim kerak?
— Uylan!
— Nega? Shunda abadiy yashaymanmi?
— Yo‘q. Ammo shu xohishing yo‘qoladi.

Maktabda ota-onalar majlisi boshlanibdi. Sinfning eng to‘palonchi o‘quvchisini otasiga o‘qituvchi debdi:
— Sizni o‘g‘lingiz maktabda har kuni o‘zini yomon tutadi.
Ota:
— Nima? Meni shunga chaqirdingizmi? O‘g‘lim uyda ham har kuni to‘palon qiladi. Sizni uyga chaqirtirmayapman-ku!?
Yigit qizga:
— Kecha uyingizga sovchi yuborsam, aniq javob aytmabsiz?!
Qiz:
— Axir yuborgan sovchilaringiz sizni qancha maosh olishingizni aniq aytishmadi-ku!?

rivojlangan mamlakatlar korrupsiyaga qarshi kurashning ikkita usulini taklif qilishadi:
Birinchisi, Shveysariya usuli. Rahbarlik lavozimlari muddatini qisqartirish. Shunda korrupsiyaga ulgurmaydi.
Ikkinchisi, Koreya usuli. Umrni qisqartirish. Agarda mabodo korrupsiyaga ulgurgan bo‘lsa...!

Avvallari oylik maoshimni olgach, sayyohatga chiqishimni o‘ylasam, nima uchun ishlayotganimni tushunardim.
Hozir oziq-ovqatlarni narx-navosini ko‘rib, qornim ochmaganini tushunyapman.
Bir ishchi boshlig‘iga qo‘ng‘iroq qilib debdi:
"O‘rtoq boshliq, siz bizni telefondagi barcha suhbatlarimizni eshitib borishingizni, hamma ishlarimizdan xabardor ekaningizni aytgandingiz. Bugun menga xotinim ishdan qaytishda bozordan nimalar xarid qilishni aytgan edi. Eslolmayapman, ayta olmaysizmi?!"
Agar bitta o‘qituvchi hamma fandan dars bera olmasa, nega bitta o‘quvchi hamma fanlarni bilishi kerak?
Boshliq:
— Sizga berilgan topshiriqni qancha muddatda bajarasiz?
Ishchi:
— Bir hafta muddat bersangiz, bir soat ichida bajaraman!
Oltin baliqni tutib olgan cholga baliq debdi:
— Tila tilagingni!
Chol debdi:
— Zavoddan mashinam tezroq chiqaqolsa, navbatim kelaqolsa degandim...
Baliq cholga qarab turib:
— Otaxon, bunchalik uzoq umr berolmiman sizga! - degan ekan.
— Ada, Dubayga dam olgani boraylik. Tinch okeanidagi oq ayiqlarni tamosha qilardik...
— Nima? Kundaligini olib kel-chi, geografiya fanidan baholaringni tamosha qilamiz!