— Allo, bu ustaxonami?
— Ha, eshitaman!
— Printerim qog‘ozlarni g‘ijimlab tashlayapti...!
— Juda yaxshi. Uni xojatxonaga olib kirib qo‘ying.
Xorijga xizmat safariga ketgan nabirasiga qari onaxon qo‘ng‘iroq qilyapti:
— Allo, Shuhrat qayerdasan?!
Nabirasi shivirlab:
— Simpoziumdaman buvijon. Hozir gaplasha olmayman.
Onaxon:
— Men hech narsani bilmayman! Tuzlangan bodringdan 1 banka olib ketibsan. Bugunoq bankamni qaytarib olib kelasan!
— Meni buvam sog‘lom turmush tarafdori bo‘lgan.
— Qanaqasiga?
— Do‘konga har doim piyoda borib kelgan. Hozirgilarga o‘xshab mashinada emas!
— Do‘kondan nima olgan?
— Aroq va sigaret...
Hind kinolarida qo‘shiq va raqs bo‘lmasa, u hujjatli kino hisoblanadi.
Voyenkomatga kelgan yigit:
— Dengiz qo‘shinida xizmat qilmoqchiman. Bu bir umrlik orzuim!
Harbiy komissar:
— Mayli, suzishni bilasanmi?
Yigit:
— Nima, kema yo‘qmi?
"O‘zini bilmagan" har bir kishini yuziga Uill Smit tarsaki tushirib chiqganida edi, atrofimizda ablahlar bo‘lmasdi...
Ikkita qarg‘a daraxtda gaplashib o‘tirishsa, osmondan samolyot uchib o‘tibdi.
Birinchi qarg‘a:
— Samolyotni qara. Juda tez uchadi, - desa, ikkinchisi:
— Seni ham dumingni yoqishsa, sen ham shunaqa tez uchasan, - debdi.
Uchta erkak o‘zini xotinini maqtay boshlashibdi.
Birinchisi debdi:
— Meni xotinim shunaqa pokiza, shunaqa ozoda. Kecha ko‘ylagimni yuvib, dazmollab qo‘yibdi. Ko‘ylak xuddi yangidek, kiyilmagandek bo‘pti.
Ikkinchi erkak debdi:
— Meni xotinim shunaqa chevar-ki...! Tizzalari yirtilgan shimni tikib qo‘yibdi. Huddi yirtilmagandek...
Uchinchi erkak ham ularga qarab turib debdi:
— Meni xotinim ham juda ozoda, chevar! Uyimizni derazasini yuvib, parda ilib qo‘yibdi. Ko‘rsangiz hecham pardasi bor, yuvilgan deraza demaysiz...!
Ikkita elektr o‘tkazgich ustunlar bir-biriga qarab debdi:
— Turaverib zerikib ketdim.
— Men ham, - debdi ikkinchisi.
— Yur ketdik, aylanib kelamiz. Bir kun chiroqsiz o‘tirishsa hech narsa bo‘lmas... - degan ekan.
— Do‘stim, men seni 30 fevralga o‘xshataman.
— Nega?
— Kalendarda umuman o‘rning yo‘q-da!