Rulga o‘tirsang - piyodalar qo‘yga o‘xshaydi. Mashinadan tushib, piyoda yursang - haydovchilar molga o‘xshaydi.
Bir o‘g‘ri oltin baliqni tutib olibdi.
— Tila tilagingni! Xohlagan narsangni muhayyo qilaman, - debdi baliq.
— Qo‘lingdan nima keladi o‘zi? - debdi o‘g‘ri.
— Hamma narsa. Mana masalan kecha bir yigit mendan 100 ming dollar so‘radi, berdim, - debdi baliq.
O‘g‘ri o‘ylanib turib:
— Shu yigitni uy manzilini ber menga, - degan ekan.
It huradi, karvon o‘tadi. Qanday ajoyib logistika!
Og‘ir bemor bolalarni davolanishiga budjetdan pul ajratib, deputatlarni maoshiga esa telegramdagi sahovatli qo‘llar kanallaridan pul yig‘sakmikan-a?!
Millioner qariya betob bo‘lib qolsa, hamma qarindoshlari yig‘ilib olibdi.
— Ayting doktor, umid qilsak bo‘ladimi? - deyishsa, doktor:
— Umid qilmanglar! Bu oddiy shamollash, o‘tib ketadi, - dermish.

Xotin:
— Gaplaringiz tentakni gapiga o‘xshaydi.
Er:
— Siz tushuning deb shunaqa gapiryapman.

Metroda qari onaxonni ro‘parasida saqich chaynab o‘tirgan yigitga onaxon debdi:
"Bekorga menga shuncha gapni gapiryapsan. Qulog‘im og‘ir bolam, eshitmayman!"
Ishga kirish uchun suhbat:
— Qaysi soha bo‘yicha mutaxassissiz?
— Internet ishlab tursa, har qanday sohada mutaxassisman!
Dugonalar suhbatidan:
— Bilasanmi o‘rtoqjon, yigitim meni tashlab ketgandi. Keyin uni yomon duo qildim!
— Nima deb duo qilding?
— Dunyodagi eng tasqara, beo‘xshov, alvastini yoniga borgin deb duo qildim.
— Xo‘sh, nima bo‘ldi keyin?
— Ertasi kuni yigitim o‘zi yonimga qaytib keldi...
Rahbarlarimizga "oylik maoshlarni oshirib bering!" degan edik. Ular "adashib" o‘zlarini oyliklarini oshirib yuborishibdi.