— Oylik maoshing yaxshimi?
— Maoshim yaxshi. Narx-navo yomon!
Bosh vrachni tug‘ilgan kunida qo‘l ostidagi xodimlari "ajoyib" sovg‘a qilishmoqchi bo‘lib, uni operatsiya xonasiga chaqirishibdi:
— Ko‘richakni topib bo‘lmayapti, o‘zingiz ko‘rib bersangiz, - debdi xodimlari.
Bosh vrach ko‘richakni topaman deb bemorni qorniga qo‘lini tiqsa, qattiq narsa turganmish.
— Nima bu? Iye, mashinani kaliti nima qilyapti bu yerda?!
— Tabriklaymiz!!! - debdi hamma xodimlari bir ovozdan.
— Hamma taksi haydovchilar davlat ishida ishlasa kerak.
— Nimaga unaqa deb o‘ylaysan?
— Ularni o‘zi shunaqa deyishadi-ku! Bo‘sh vaqtimda kira qilaman, o‘zimni ishim bor, biznesim bor deyishadi-ku!

Hurmatli ayollar!
Ko‘chaga chiqganingizda mahalladagi ayollar siz ko‘rmagan serialingiz haqida gapirib qolishsa, ulardan "ajralib" turmaslik uchun "Baribir birinchi fasli qiziqarliroq edi!" deb turavering!

Bir ayol "Erim-vatanimdir!" deb post qo‘yibdi.
Kommentariyda "Vatan - barchamizniki!" deb yozib qo‘yilgan ekan.
Bir kishi uyini devorlariga gulqog‘oz (oboy) yopishtirmoqchi bo‘libdi. Pastki qavatdagi qo‘shnisini uyiga tushib so‘rabdi:
— Siz yaqinda remont qilgan edingiz. Qancha gulqog‘oz sotib olgansiz?
— Olti o‘ram gulqog‘oz sotib olganman, - debdi qo‘shnisi.
U kishi ham bozordan oltita gulqog‘oz sotib olibdi.
Ta’mirlash ishlarini tugatib bo‘lgach qarasa, 2 ta o‘ram gulqog‘oz ortib qolibdi.
Qo‘shnisini eshigini taqillatibdi.
— Qanaqa odamsiz?! Rostini aytsangiz bo‘lmasmidi!? 2 ta o‘ram gulqog‘oz ortib qoldi-ku, - desa, qo‘shnisi:
— Menda ham 2 ta o‘ram ortib qoldi. Siz mendan qancha gulqog‘oz ishlatdingiz deb emas, qancha sotib olgan edingiz deb so‘radingiz-ku!
— Dugonajon, nima qilyapsan?
— Mangu olov yonida turibman.
— Nima? Xotira maydonidamisan?
— Oshxonadaman!
O‘zing deputat bo‘lmaguncha, deputatlar hech qanday ish qilmaydi deb o‘ylayverasan.
Deputat bo‘lgach esa, nima ish qilayotganingni bilmaysan.
Qizaloq oilaviy fotoalbomni ko‘rib o‘tirib, onasidan so‘rabdi:
— Oyijon, manavi suratda yoningizda turgan kelishgan, chiroyli yigit kim?
Onasi debdi:
— Seni adang-ku qizim.
Qizaloq divanda beo‘xshov, xurpayib televizor ko‘rib yotgan adasiga qarab:
— Bu kim unda? - dermish.
"Biz yaxshiroq yashashni boshladik!" dedi amaldorlar.
"Avval ham yomon yashamagansizlar!" dedi xalq.