Ayollar uydagi hamma ishlarni bajarishsa, qaynonalarga sezilmaydi.
Agar o‘sha ishlarni bajarishmasa, darrov seziladi...
Jinnilar baland joyga chiqib, konserva bankaga kalla tashlayotgan ekan. Bitta jinni ikkinchisiga:
— Bankani ozgina surib qo‘y! Boshi yorilib o‘lsin, - dermish.
Yosh ota tez yordamga shoshilinch telefon qilib gapira boshladi:
— Doktor, qizim ko‘k dorini ichib yubordi! Nima qilishni bilmayapman!
— Qizingiz hozir nima qilyapti? Yoningizdami?
— Ha? mana yonimda turibdi. Lablari ko‘m-ko‘k! Tishlari ham! Ko‘karib turgan tilini chiqarib menga tirjayib turibdi... Ayting, nima qilay?
— Tez suratga oling!!!
Ikki dugona turmush qurmaslikka qaror qilib birga yashasharkan. Zerikmaslik uchun bir mushuk ham boqisharkan. Fikrimiz buzilmasin deb mushukni hech qayerga chiqarishmas ekan. Mushuk har bahor ko‘chaga chiqgisi kelib, bezovta bo‘laverarkan.
Dugonalardan biri yaxshi yigit bilan tanishib turmushga chiqib, asal oyiga ketibdi.
Bir necha kundan keyin undan xat kelibdi: "Dugonajon, taqdiring o‘z qo‘lingda, ammo mushukni hoziroq qo‘yib yubor!".
Qish kunlarining birida erkak mast bo‘lib kelib, uyini darvozasini taqillatibdi. Ayoli eshikni ochmasdan:
— Kim-u? Dadasi sizmisiz, - desa hech kim indamabdi.
Ayol qaytib uyga kirib ketibdi. Tong otgach ko‘chaga chiqib qarasa, eri darvoza tagida tirishib uxlab yotganmish.
Shunda xotini erini turtib uyg‘otib:
— Voy dadasi, qachon keldingiz, - desa, eri:
— Kechasi, - debdi.
Ayol:
— Nega "dadasi sizmisiz?" desam indamadingiz:
Er:
— Kallamni qimirlatdim-ku!? - dermish...
O‘qituvchi o‘quvchisini savol-javob qilmoqda:
— Foziljon, bu yil yoshing yettida bo‘lsa, kelasi yil nechiga to‘lasan?
— To‘qqizga ustoz.
— Sakkizga to‘lasan!
— Topa olmadingiz. Axir bugun meni tug‘ilgan kunim!!!
Ikkita boyning suhbati:
— Hozirgi zamonda halol bo‘lib yashash qiyin...!
— Senga bu gapni nima aloqasi bor?!
— Dada "Mujik" nima degani?
— "Mujik" degani - o‘zi ishlab, pul topib, oilasini boqadigan inson!
— Dada, katta bo‘lsam men ham oyimga o‘xshab mujik bo‘laman!
To‘ydan bir oy o‘tgach, kuyov onasiga debdi:
— Oyijon, rahmat sizga. Shu kelinni menga siz tanlab berganingiz uchun!
Onasi hayron bo‘lib:
— Nega unaqa deyapsan o‘g‘lim? - desa, kuyov:
— Agar shu qizni o‘zim topganimda bir umr o‘zimni kechira olmagan bo‘lar edim, - dermish.
Bir yigitni yuzlari tilingan, bir ahvol bo‘lib kelayotsa, oldidan tanishi chiqib qolibdi:
— Voy... Bu nima ahvol!? Yuzingga nima qildi?
— Yaxshi ko‘rgan qizimni deb urushib ketdim.
— Kim bilan? Qizning boshqa sevgan yigiti bor ekanmi?
— Yo‘g‘-ye. Xotinim bilan...!