Shifokorga murojat qilgan bemor:
— Doktor, nega menga muolaja qilish o‘rniga, hamkasbingiz bilan kulib gaplashib turibsiz? - desa, shifokor:
— Kulgu - eng yaxshi da’vo! Men sizga aytsam...!
OVIRdagi suhbat:
— O‘z uying-o‘lan to‘shaging! Uzoqdagi bug‘doydan yaqindagi arpa yaxshi! O‘zga yurtda shoh bo‘lguncha o‘z yurtingda gado bo‘l! Musofir bo‘lmagun...
— To‘xtang, to‘xtang! Tushunishimcha haliyam hujjatlarim tayyor emas, muhr qo‘ymagansiz!? Shundaymi?
Ikki tilanchi lo‘li ayol uchrashib qolishibdi:
— Voy dugon bormisan, ko‘rinmaysan?
— Ibi hoy, eshitmadingmi qizimni erga berdim!?
— Sepiga nima berding?
— O‘zimga tegishli katta ko‘chani berdim.
— Tutuning chiqsin sani, endi gado bo‘libsan!
— Azizim, bugun kayfiyatim yo‘q. Nima uchunligini so‘ramang.
— Xo‘p!
— Bilardim, siz menga doim bee’tibor bo‘lgansiz!
Harbiy xizmatga kelgan askarlar safda turib, yo‘qlamadan o‘tmoqdalar:
— Abdullayev
— Men!
— Ilhomov
— Men!
— Z0 itov
— Men! Zoitovman, o‘rtoq starshina, Zoitov!
Shahrimizda yo‘llarga asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda.
Ish tartibi:
1. Asfaltga yo‘l chiziqlarini chizish.
2. Asfaltni yangilash.
3. Asfaltni kavlab, kanalizatsiya quvurlarini almashtirish.
Talaba kafega kirsa, dekan tushlik yeb o‘tirgan ekan. Talaba dekanni yoniga borib:
— Domlajon, maylimi siz bilan bir stolda o‘tirib, ovqatlansam? - desa, dekanni jahli chiqib:
— Qayerda ko‘rgansan burgut bilan kalamushni birga ovqat yeb turganini, - debdi.
Shunda talaba bir kulib qo‘yibdi-da:
— Unda siz ovqatingizni yeyavering, men uchib ketaqolay, - dermish.
— Allo, taksimi?
— Ha!
— Qozog‘iston poytaxtiga bormoqchi edim. Olib borib qo‘yasizmi?
— Yo‘g‘-ye, Nursulton juda uzoq! U yerga eltib qo‘ya olmaymiz!
— Nur-sul-ton, 9 ta harf. To‘g‘ri kelyapti. Rahmat!
Bank xodimi oshxonaga tushlik qilgani kirsa, oshxonada hech kim yo‘q emish. Qarasa qorovul o‘tirgan ekan.
Xodim so‘rabdi:
— Qani ishchilar?
Qorovul:
— Ular hozir tushlikka chiqib ketishdi, - dermish.
— Og‘ayni, senga achinaman! Uylanganingga bir oydan oshibdi-yu, haliyam paypog‘ingni o‘zing yuvyapsan-a!
— Nima? Ko‘z bormi o‘zi senda? Bu xotinimning paypog‘i-ku!