Sudya:
— O‘rtoq Tursunov, qo‘limdagi shikoyatda aytilishicha, siz qo‘shningizni eshak bilan tenglashtirgan emishsiz.
Tursunov:
— O‘rtoq sudya, ulardan qaysi biri shikoyat qildi?
Bir odam doktorga kelib, shikoyat qilibdi:
— Bilasizmi, men eshakdek ishlayman, itdek charchayman, lekin mushukchalik ham ovqat yemayman. Nima qilay, ayting...!
— Men hayvonlar doktori emasman, odamlarni da’volayman! Siz veterinarga borganingiz ma’qul!
Bir amerikalik va afandi do‘sti bilan samolyotga chiqib, uchishayotganida amerikalik Iphone 7 ni derazadan otib yuboribdi. Afandi:
— Nega tashlab yubording? - desa, amerikalik:
— Bizlarda bunaqa telefonlar mingta, - debdi. Shu payt afandi yonidagi sherigini derazadan tashlab yuboribdi.
— Bu nima qilganing? - debdi amerikalik.
— Bu taksichi! Bizda bunaqalardan mingta, - dermish.
Urush davrida bizni o‘rmonga olib borib tashlashdi.
Birinchi kuni biz nemislarni quvdik. Ikkinchi kuni nemislar bizni quvdi. Uchinchi kuni o‘rmon egasi hammamizni quvib yubordi.
Bir ayol qo‘shnisinikiga elakka chiqibdi. Qo‘shnisi homilador ekan. Ayol qo‘shnisiga debdi:
— Voy qo‘shni, bir dugonam homiladorligida "Tohir va Zuhra" kitobiga boshqorong‘i bo‘lgan ekan egizak tug‘ibdi. Yana-chi, ammamni kelini "Uch og‘ayni botirlar" kitobini o‘qib, uch egizak tug‘ibdi, - desa qo‘shnisining rangi oqarib ketayotgan emish.
— Voy, sizga nima bo‘lyapti, - desa, homilador qo‘shnisi:
— Men "Alibobo va qirq qaroqchi" kitobini o‘qiyotgan edim..., - dermish.
Talabalar shiori:
3 baho oladiganlar: 3 qo‘y lekin mani tinch qo‘y!
4 baho oladiganlar: Yetsa bilim, yetmasa pulim!
5 baho oladiganlar: Harajatsiz harakat 0 ga teng!
Xotin eriga dedi:
— Azizim so‘z bering! Menga xiyonat qilgan bo‘lsangiz ham, hech qachon bu haqda menga aytmaysiz!
— Xo‘p xotinjon, aytmayman!
Xotin jig‘ibiyron bo‘lib:
— Xiyonat qildingizmi hali???
General timsoh etik kiyishni istab qolibdi. Qo‘mondon iltimosi, uning buyrug‘idan ham qat’iy ekanligini bilgan shtab boshlig‘i maxsus rotalardan birini Nil daryosining sohiliga desant sifatida tashlashni buyuribdi.
Kun, hafta, oy o‘tibdi-ki, rotadan xabar yo‘q.
Nihoyat, generalning o‘zi daryoning desant tashlangan joyidan qalqib chiqibdi. Qarasa sohil timsoh o‘ligiga to‘lib-toshgan. Shu fursatda suv yuzasida navbatdagi timsohning boshi ko‘rinibdi. Desantchilardan biri qo‘lidagi dubulg‘asi bilan timsohning boshiga qattiq zarb berib, tanasini qirg‘oqqa olib chiqibdi.
— O‘rtoq kapitan! - qichqiribdi guruh komandiri, - Bunisi ham etiksiz!
— Hoy, nodonlar, necha marotaba aytish kerak sizlarga, sekinroq uringlar, deb!? Bunaqa zarbadan oyog‘idagi etigi uchib chiqib ketyapti-ku!
Bir odam qo‘lida bir xalta kir yuvish kukuniga qarab, so‘kinib ketayotsa, qo‘shnisi hayron bo‘lib:
— Ha, qo‘shni nima bo‘ldi? - debdi.
So‘kinib ketayotgan odam:
— Ey, ko‘rmaysizmi qo‘shni, mana bu poroshokka "100 gr besplatno" deb yozib qo‘yishibdi. Sotib olib uyda ochib qarasam, ichida faqat poroshok xolos! Do‘konga qaytaraman!
Ota-bola pashshalar axlat yeb o‘tirishsa, bolasi otasiga qarab:
— Ota, nimaga doim biz axlat yeymiz? - desa, otasi:
— O‘g‘lim, ovqat ustida axlatni gapirma! - dermish.