Qaynona yangi tug‘ilgan nabirasiga qarab turib keliniga:
— Umuman o‘g‘limga o‘xshamaydi, - desa, kelinini jahli chiqib:
— Oyijon, men sizga kseroks emasman! - dermish.
Xotin:
— Dadasi, doktorga borgandim. U menga Antaliyagami, Malayziyagami yoki Dubaygami borib, suv bo‘yida dam olishimni buyurdi. Qayerga boramiz?
Er:
— Boshqa doktorga!
Marshrutkaga bozordan bir ayol katta sumkalari bilan chiqdi. Yonida yoshgina qizalog‘i ham bor ekan. Bir amallab o‘rindiqqa joylashib olib, ayol qiziga dedi:
— Adang shuncha narsa olganimizni ko‘rib nima derkinlar-a?!
Qizaloq bo‘lsa hech ikkilanmay:
— Bozorda biror narsa qoldimi o‘zi deydilar, - debdi.
Tongga yaqin uyiga kirib kelgan erga xotini dedi:
— Qayerlarda yuribsiz? Tuni bilan uxlolmay chiqdim!
Er:
— Meni uxladi deb o‘ylaysan-mi!?
— Sizningcha, kim aqlliroq? Erkaklarmi yoki ayollarmi?
— Ayollar!
— Nega bunaqa deb o‘ylaysiz?
— Nega emish... Axir erkakning chiroyli oyoqlariga uchib, turmushga chiqqan bironta ayolni ko‘rganmisiz?
Xavotirga soladigan jumlalar:
1) Bu og‘ritmaydi;
2) San bilan jiddiy gaplashib olmoqchiman;
3) Parolingiz noto‘g‘ri ko‘rsatilgan;
4) Kartangizda pul yetmayapti.
— Uylanish yaxshimi bobo?
— Yaxshi bolam, ayoling dardkashing bo‘ladi.
— Yaxshiku, lekin meni dardim yo‘qku bobo?!
— Uylansang u ham bo‘ladi bolam.
Bir bola soqov ekan. Ota-onasi ko‘rsatmagan tabib-u, doktori qolmabdi. Hecham gapirmabdi. Oxiri ota-onasi gapirishidan umidini uzishibdi. Bir kuni ovqatlanib o‘tirishsa, soqov bola:
— Sho‘r ekan, - debdi.
Shunda onasi:
— Voy o‘g‘lim, gapirdingmi?! Yana bir qaytar...
— Sho‘r ekan ovqatingiz!
Ota-ona o‘zida yo‘q xursand...
— Sen bola gapirarkansan, nega bizni shuncha yil qiynading? Nimaga shu paytgacha indamading, - deyishsa, bola:
— Shu paytgacha ovqatingizni tuzi yaxshi edi-da, - dermish.
Tergovchi:
— Shu pichoqni taniyapsizmi?
— Ha, ha!
— Oxiri tanidizmi?!
— Tanimay bo‘ladimi? Siz uni menga 2 oydan beri ko‘rsatasiz...
Ikkita qari futbolchilar suhbatlashmoqda:
— Qaysi birimiz birinchi bo‘lib olamdan o‘tsak, u dunyoda futbol o‘yini bor yoki yo‘qligi to‘g‘risida xabar beramiz, kelishdikmi?
Futbolchilar kelishib olishibdi-da, ko‘p o‘tmay ulardan biri vafot etibdi.
Tirik qolgan futbolchini tushiga 3 kun o‘tib, marhum do‘sti kirib debdi:
— Qalesan do‘stim? Bu yerda ham futbol bor ekan! Lekin senga yomon xabarim bor! Kelayotgan juma kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yinda seni ham familiyang turibdi.