— Ustoz, 10 ming so‘m bilan qayerga dam olishga borsam bo‘ladi.
— 1990 yillarda shu pul bilan aylanib kelsang bo‘lardi...
Avtobusda ketayotgan yosh yigitcha o‘rindiqda bo‘yniga tilladan yasalgan samolyot zanjirini ilib olgan ayolga termulib ketayotsa, ayol unga qarab:
— Ha, yigitcha, samolyot yoqib qoldimi? - desa,
Yigit:
— Yo‘q, aeroport yoqdi, - deb javob beribdi.
Ikki dugona suhbatlashmoqda:
— Erim kecha menga: Sen hech ham semiz emassan, sening formang ideal, - dedi.
— To‘g‘ri-da, axir u matematik-ku! Uning uchun eng ideal forma bu shar.
Onasi 3 yoshli qizchasiga dedi:
— Qizim, xonang buncha tartibsiz? Qo‘g‘irchoqlaring burchaklarda ag‘darilib yotibdi, idish tovoqlar har yerga sochilib ketgan...
Qizi debdi:
— Oyijon, biz kecha "to‘y-to‘y" o‘ynaganmiz. Qo‘g‘irchoqlarim mast bo‘lib qolishgan, peshinda o‘ziga kelishadi.
Yangi o‘zbek tramvayga chiqib haydovchiga:
— Amir Temur mahallasiga, - debdi.
Haydovchi:
— Aka, bu taksimas! - desa, haligi odam cho‘ntagidan bir talay pul chiqarib beribdi.
Shunda haydovchi sheriklarini chaqirib, relslarni qo‘yib, tramvayda Amir Temur mahallasiga boribdi.
Yangi o‘zbek, - Rahmat, - deb tushayotganda, haydovchi so‘rabdi:
— Aka, pulingiz bor ekan, uyingiz ham qasrday ekan. Nimaga bu ko‘chalaringiz rasvo, hamma yoq kovlangan, - debdi.
Shunda yangi o‘zbek:
— Ha uka, bu chuqurlarga e’tibor berma! Kecha uyga metroda kelgandim, - dermish.
Soqov kishi bozorda gazli suv sotar ekan. Bir odam gaz suv ichib bo‘lib:
— Necha pul? - deb so‘rasa, soqov sotuvchi imo-ishora qilibdi.
— Suv necha pul? - deb yana so‘rabdi.
Sotuvchi yana imo-ishora qilgan ekan haligi odam to‘lmasdan ketayotsa, suv sotuvchi baqirib:
— Aka suvni pulini berib ketmaysizmi?! - der emish.
Bozorda bir kishi sotuvchiga:
— 7-sinfda o‘qiydigan bolaga oyoq kiyimi bormi? - debdi.
— Aniqroq ayting, topiladi, - deb so‘rabdi sotuvchi.
— Aniqrog‘ini aytsam, 7 "V" sinfida o‘qiydigan bolaga.
Bir kishi poyezdga qo‘yni sudrab chiqayotsa, provodnik so‘rabdi:
— Bu qo‘yni qayoqqa sudrab ketyapsiz?
Haligi odam javob beribdi:
— Qo‘y Toshkentda o‘qiydi! Bu-pora...
Xo‘roz oshxona derazasidan mo‘ralab, mikroto‘lqinli pech ichida pishayotgan tovuqni ko‘rib debdi:
— Anavi yerda jo‘jalari qarovsiz qolgan. Bu bo‘lsa o‘yin-kulgu qilib, arg‘imchoq uchib yuribdi...
O‘g‘li otasidan so‘rabdi:
— Ada, odamlar qanday paydo bo‘lishgan?
Otasi debdi:
— Odam ato va Momo havodan...
— Oyim hamma odamlar maymundan tarqalgan deydilar-ku?! - debdi o‘g‘li.
— Oyingni qarindoshlari haqida hech nima bilmayman, - dermush adasi.