— Doktor, tishlarim negadir sarg‘ayib to‘kilyapti...
— Bu axir tabiiy-ku! Hozir kuz fasli bo‘lsa...
— Sizdan ruxsat so‘ramasdan biror ish qilishim uchun nechi yoshga kirishim kerak, - desa, onasi:
— Bunaqa yoshga hali adang ham kirmagan o‘g‘lim, - debdi.
— Valijon, kundaligingni ota-onangga ko‘rsatdingmi?
O‘quvchi:
— Yo‘q, ustoz!
O‘qituvchi:
— Nega?
O‘quvchi:
— Ota-onamni salomatligi men uchun juda muhim!
— Ha, bugun ancha asabiylashasiz!
Qarasam yo‘l chetida YPH xodimi turibdi. Yonga borib:
— 100 ming so‘mga maydangiz yo‘qmi? - desam, u:
— Yo‘q, hali tushmadi! Hozirgina kelib turibman o‘zi! - deydi.
— Kiravering, eshik ochiq, - debdi.
Birozdan keyin yana taqqillabdi.
— Kiravering dedim-ku, - javob beribdi yigit.
Eshikni orqa tarafidagi ovoz:
— Chiqsang kiramanmi!? Xojatxonaga kirganingga 2 soat bo‘ldi, - debdi.
Hech narsani bilmayman. Lekin bosh chayqab turaman.
— Doktor, shu yerimni ushlasam og‘riyapti, - desa, doktor:
— Ushlamang, og‘rimaydi! Sizdan 50 ming so‘m, - debdi.