Ikkita odam kafeda ovqatlanib bo‘lgach, ofitsiantga qarab:
— Hisob qancha bo‘ldi? - debdi.
Ofitsiant futbol muxlisi ekan:
— Liverpul-Brayton 1:0, - debdi.
— Buvim aytdilar, yomg‘ir yog‘ib, kunlar sovib ketarkan...
— Buving ko‘p televizor ko‘radilarmi?
— Yo‘q...
— Unda qayerdan bildilar?
— Tizzalari og‘rishidan!
Xotin eriga:
— Adasi, kecha nega kechqurun meni boshqa ayolni ismi bilan chaqirdingiz?!
— Qorong‘u edi-ku onasi, tushunsang-chi axir!
30 yoshga to‘lgan yigitlarni 20 yoshli yigitlardan farqi shundaki, og‘aynilar bilan choyxonada o‘tirish uchun 1 hafta ham telegramda kelisha olishmaydi...!
Sartarosh soch olish jarayonida mijoziga savol beribdi:
— Aytinchi, qaynonangiz bormi?
— Yo‘q! Qaynonam yo‘q!
Birozdan so‘ng sartarosh yana:
— Qaynonangiz bormi?
— Yo‘q dedim-ku sizga!
Sal o‘tgach:
— Qaynonangiz bormi?
— Nega hadeb qaynonam haqida so‘rayverasiz?
— Shunday qilsam sochlaringiz tikka bo‘lib, kesish oson bo‘lyapti.
Ko‘chada bir hovuch shirinlikni paqqos tushirayotgan bolakayni ko‘rgan kishi unga dedi:
— Ko‘p shirinlik yeyaverma! Bu sog‘lig‘ing uchun juda zararli!
Bolakay:
— Meni 90 yoshga kirgan buvam bor... – debdi.
Haligi kishi:
— Buvang shirinliklarni kamroq yegandur-da?! – desa, bolakay:
— Buvam birovlarni ishiga kamroq aralashgan.
Sinf o‘quvchilari "Kim xunukroq" o‘yinini o‘ynayotgan ekan.
Bolalardan biri:
— Bo‘ldi, Akbar yutdi! - debdi.
Akbar bo‘lsa:
— Men o‘ynamayapman, - dermish.
— Do‘stim, dunyoga qara, nimalar bo‘lyapti-a?!
— Nima desam ekan!?
— Bir nima deyishni o‘zim ham bilaman. Faqat bunga tushuna olmayapman.
Er-xotin farzandlari bilan o‘tirib nikoh to‘yini videosini ko‘rayotishsa, o‘g‘li so‘rabdi:
— Ada, siz qanisiz?
Adasi:
— Man bu to‘yda yo‘qman! - debdi.
Ikki do‘st suhbati:
— Do‘stim, yuzingga nima bo‘ldi? Hamma yog‘ing ko‘karib ketibdi-ku?!
— Kecha trenajyor zaliga borgandim. Bir baquvvat yigitni qo‘lidan tosh tushib ketsa bo‘ladimi!?
— Buni yuzingga nima aloqasi bor?
— Kulmasam bo‘larkan...!