— Bolaligingizda ota-onangiz qaysi brenddagi kiyimlarni olib berishgan?
"Akangdan qolgan kiyimlarni kiyasan!" degan brenddan kiyintirishgan.
Bir yigit xonasida nos chekib yotsa, otasi kirib qolibdi:
Shunda yigit nima qilishini bilmay, ko‘ylagi ichiga qarab, "Tuf-tuf-tuf cho‘chib ketdim", degan ekan.
Kuyov mashinada qaynonasi bilan ketayotsa, YPH xodimi to‘xtatib, hujjatlarni tekshira boshlabdi.
— Haydovchilik guvohnomangiz, talon, sug‘urta, ...
— Mana, mana, mana! Ko‘rsatibdi kuyov.
Hamma hujjatlar joyida ekan. Xodim:
— Endi kuf deng-chi! – debdi.
Bunisi ham “toza”!
Orqa o‘rindiqda o‘tirgan qaynona gap boshlabdi:
— Ha juvorma bo‘lgur! Hech narsa topa olmadingmi?
Xodim:
— Bu gapingiz xizmat vaqtida meni haqorat qilishga kiradi! Chora ko‘ramiz, - desa, kuyov:
— Mana jinnixonadan ma’lumotnoma, - debdi.
Bir kishi ishsiz, pulsiz qolib ketibdi.
Do‘sti unga yaxshilik qilmoqchi bo‘lib korxonasiga ishga joylashtiribdi. U kishi har kuni kelib-ketib, hech ish qilmasdan oylik olib yuraveribdi-yuraveribdi.
Bir kuni do‘stini yoniga kirib debdi:
— Shunaqayam adolatsizlik bo‘ladimi?!
— Nima bo‘ldi do‘stim? Axir men senga ish berdim, oylik olyapsan, - desa, haligi kishi:
— Ishxonaga kelib ketishim shartmi?! Oyligimni uyga olib borib berishsa bo‘lmaydimi!? - debdi.
Bir kuni bo‘g‘irsoq hammomga sochiq ko‘tarib kirib ketayotganmish.
— Qayoqqa ketyapsan? - desa, bo‘g‘irsoq:
— Boshimni yuvib chiqay, - dermish.
— Eringiz bilan munosabatlaringiz qalay?
— Juda yaxshi! U meni quloqlarimga lag‘mon iladi. Men lag‘monlarni olib, burnidan ip qilib o‘tkazaman.
Agar yuqorida yashaydigan qo‘shningizni uyidan suv toshib ketsa, janjallashib yurmang! Qo‘ni-qo‘shni bilan orani buzmagan yaxshi! Qo‘ni-qo‘shnichilik axir...!
Siz ham sekingina pastdagi qo‘shningizni uyiga suv toshirib yuboring va bu suv sizga tepadan tushganini ayting. Ular o‘zaro hal qilib olishadi..
Uyali aloqa kompaniyasidan mijozga qo‘ng‘iroq bo‘ldi:
— Hurmatli mijoz, sizga 120 daqiqa bepul qo‘shib berildi. Bir oy davomida foydalanishingiz mumkin.
— Bir oy? Bir haftada tugatsam ham bo‘ladimi?
— Bo‘ladi!
— Bir kunda foydalanib yuborsam-chi?
— Albatta bo‘ladi hurmatli mijoz!
— Bir soatda-chi?
— Buni iloji yo‘q-ku!
— Nega iloji bo‘lmas ekan?! Kompaniya ham, aloqa ham, xizmatlaring ham rasvo!
Sudya:
— Nega siz nuqul kunduz kuni o‘g‘irlik qilgansiz?
Ayblanuvchi:
— Kechasi ko‘p pul bilan yurishga qo‘rqaman-da.
— Dugonajon, chatda nima qilyapsan?
— Erni qidiryapman.
— O‘zingga umr yo‘ldoshni chatdan qidirib topmoqchimisan?
— O‘zimni erimni qidiryapman!