— O‘g‘lim, hech qachon chiroyli qizga uylanma!
— Nimaga ada?
— Chiroyli qizlar seni tashlab ketadi!
— Xunuk qizlar ham tashlab ketishi mumkin-ku?!
— Ketsa-ketavermaydimi!
Uchta IT-dasturchi farzandlari bor onaxon asabi "joyida" birorta tanishidan internetdan foydalanishni o‘rganmoqchi ekan.
Baliq ovidan yaxshi kayfiyatda qaytgan er xotiniga:
— Qara, qancha baliq tutganimni! Bugun ovim baroridan keldi! - debdi.
Xotini:
— Aldamang! Shuncha baliqni o‘zingiz ovlamagansiz! Qo‘shnimiz sizni baliq do‘koniga kirib-chiqganingizni ko‘ribdi-ku! - desa, eri:
— To‘g‘ri, kirdim. Tutgan baliqlarimni yarmini sotib yuborishga to‘g‘ri keldi-da! - dermish.
Bir ayol mushugini sotish uchun olx.uz ga e’lon joylashtiribdi:
"Sog‘lom, chiroyli, aqlli, egasiga vafodor mushuk sotiladi. Beshinchi martta sotyapman!"
O‘qituvchi Azizjondan so‘radi:
— Sen katta bo‘lsang kim bo‘lasan?
Azizjon:
— Kambag‘al bo‘lmoqchiman.
O‘qituvchisi:
— Nega? Axir bu yaxshi emas-ku!
Azizjon:
— Chunki dadam ikki qavat hashamatli uylar, qimmatbaho mashinalarni yonidan o‘tayotib, "Qara o‘g‘lim, kambag‘allarni uyi ekan..." - deydilar.
Bir kishi kechasi uxlab yotsa, eshik taqqillab qolibdi.
— Kim u? – debdi hovliga mo‘ralab.
— Sizlarga o‘tin kerakmi? – debdi notanish odam.
— Yo‘q, kerakmas! – deb uxlashga kirib ketibdi.
Ertalab tursa, hovlida yig‘ib qo‘ygan o‘tinlari yo‘q emish.
Aytishlaricha, badavlat insonlar sahar turishar ekan.
Xotinimni mendan berkitgan boyliklari qayerda ekan-a?!
Maktabda o‘qituvchi bolalardan uyga vazifani tekshiribdi.
Birinchi o‘quvchi:
— Tushunmadim, - debdi.
Ikkinchisi:
— Vaqtim bo‘lmadi, - debdi.
Uchinchisi bo‘lsa:
— Menga bahona qolmadi-ku! - degan ekan.
— Allo?
— Allo! Men hozir gaplasha olmayman. Keyinroq boshqa raqamga qo‘ng‘iroq qilsangiz!
— Qaysi raqamga?
— Xohlagan raqamingizga!

Yigit:
— Menga turmushga chiqsang, dunyoni istalgan shaharida dam olasan?
Qiz:
— Unday bo‘lsa, roziman!
To‘ydan keyin.
Yigit:
— Mana, xohlagan joyda dam ol!
Qiz:
— Bu nima?
Yigit:
— Dunyo xaritasini rasmi tushirilgan gilam!