— Doktor, davosi yo‘q qanday dardga chalinibman?
— Pulsizlik dardi...
— Salom Barnoxon!
— Kim bu?
— Siz meni tanimaysiz. Lekin men sizni taniyman. Hozir sizga 2 ta yomon yangilik aytmoqchiman.
Bizlarni erimiz uchinchi xotinga uylanib olibdi.
Eshkakchilar o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi. Har bir qayiq 9 kishini ko‘tara olar edi. Yaponiya eshkakchilari g‘olib bo‘libdi. Biznikilar esa eng oxirgi.
Natija tahliliga ko‘ra yaponlar qayig‘ida 1 ta boshliq va 8 ta eshkakchi bor ekan.
Biznikilar guruhda esa 1 ta umumiy boshliq, 3 ta o‘rinbosar, 4 ta bo‘lim mudiri va 1 ta eshkakchi bor edi. Biznikilar darrov mag‘lubiyat sababini aniqlashdi. Eshkakchi aybdor! U ishdan ketibdi.
Xotini tug‘ruqxonaga ketgan er to‘ng‘ich farzandini uyqudan uyg‘otib, kiyintirib, choy ichirib bog‘chaga olib boribdi.
— Shu seni bog‘changmi?
— Yo‘q, ada!
Boshqa bog‘chaga olib kelib:
— Shunisimi?
— Yo‘q! Bu bog‘chani hatto ko‘rmaganman ham.
Yana boshqa bog‘chalarga olib kelib:
— Shunisimi? Shunisimi? - deb yursa, o‘g‘li:
— Ada, yana biroz bog‘chama-bog‘cha yursak, maktabimga kech qolamiz! - dermish.
Avtohalokatga uchragan yigitni so‘roq qilishmoqda:
— Nima uchun mast holda mashinani boshqardingiz?
— Otam ruxsat berdi!
— Otangiz ham sizga o‘xshab qonun-qoidani bilmaydimi?
— Yo‘q, otam ham menga o‘xshab mast edi!
— Tovlamachi, firibgar odamni ajrata olasanmi?
— Bilmayman, qanday qilib?
— 100 ming bersang aytaman.
— 100 ming?! Bermayman!
— Ajrata olar ekansan-ku!
Bir kishi tilla baliq ushlab olibdi.
— Tila tilagingni ey yaxshi inson! - debdi baliq tilga kirib.
— Mashina olishni istayman, - debdi kishi.
— Kreditgami yoki naqdgami? - debdi baliq.
— Paxta yog‘ida qovuraymi seni yoki pista yog‘idami? - debdi haligi kishi.
Bir odamni o‘g‘lini qo‘shnisini kuchugi tishlab olibdi.
Vrachga borsa, vrach so‘rabdi:
— Bolangizni qanday it tishladi?
— Kichkina it tishladi, - javob beribdi haligi odam.
— Daydi it tishladimi yoki tanish itmidi deb so‘rayapman, - debdi vrach.
— Meni itlardan tanishim yo‘q, - debdi boyagi odam.
Hozir uzoq qishloqlar yashaydigan ayollarda ham kir mashina bor. Lekin kirni qo‘lda yuvishadi.
Nimaga deysizmi? Chunki elektr yo‘q!
Bir bolakaydan so‘rashibdi:
— Isming nima?
— Y harfidan boshlanadi, toping-chi! - debdi bolakay.
— Yo‘ldoshmi? Yigitalimi? ...
— Yo‘q, topa olmadingiz! Yustam.
— Rustam ekan-ku?! Nega Y dan boshlanadi deysan?!
— Y hayfini ayta olmayman!