Adolat izlab juda ko‘p yuribdi. Lekin, boshqa yo‘ldan ketayotganini bilmas ekan.
Ikkita hamkasblar kechki payt ishdan chiqishibdi. Birinchisi debdi:
— Bitta iltimosim bor, hozir boshlig‘imiz ishdan chiqadi. Sen uni haydovchisisan-ku! Mashina buzilgan deb biroz shu yerda uni ushlab turgin. Bugun boshlig‘imizni qizi bilan uchrashmoqchi edim, - debdi.
Haydovchi istar-istamas zo‘rg‘a rozi bo‘libdi.
Boshliq ishdan chiqib:
— Qani ketdik-mi?! - desa, haydovchi:
— Mashina negadir o‘t olmayapti!? - deb bahona qilib, ancha vaqtgacha ushlab turibdi. Buni sezgan rahbar:
— Nega meni aldayapsan? To‘g‘risini ayt! Aks holda ishdan bo‘shataman! - deb baqira ketibdi.
Boshqa chorasi qolmagan haydovchi bor gapni aytib beribdi. Shu yerda ishlaydigan do‘sti uning qizi bilan uchrashmoqchi ekanini, shunga u mashina buzildi deb, bahona qilganini aytsa, boshliq xoxolab kulib:
— Laqma ekansan-ku! Meni umuman qizim yo‘q. Undan ko‘ra uyingga borib o‘zingni qizingdan xabar ol!!! - degan ekan.
Yarim kechada tashqariga chiqib ketgan er, birozdan so‘ng shalabbo bo‘lib qaytibdi.
— Yomg‘ir yog‘yaptimi? - so‘rabdi xotini.
— Yo‘q. Kuchli shamol bo‘lyapti, - dermish eri.
Sud jarayoni ketmoqda. Sudya ayblanuvchiga savol beribdi:
— Ayblanuvchi, ismingiz nima?
— Ismim Begunoh! Shaxsimni tasdiqlovchi hujjatlarning barchasida shunday!
— Begunohmisiz???
— Ha janob! Adolatli hukmingiz uchun rahmat! Men ketdim!
Hamma kosmetika vositalari ham birdek foydali emas.
Ayniqsa, erkaklar koʻylagidagi lab boʻyogʻi hayot uchun xavflidir!Bir kuni chiroq ichib-ichib, keyin oʻchib qolibdi.
Bog‘chadan qaytgan qizaloq kollejda o‘qiydigan opasiga shoshib:
— Opa-opa, sizga she’r aytib beraymi? - deb so‘rasa, opasi jilmayib:
— Mayli, aytib beraqol! - debdi. Qizaloq yana:
— Faqat siz qarsak chalib turing, xo‘pmi? - debdi. Opasi ham:
— Xo‘p, aytaqol! - deb qarsak chalishni boshlasa, qizaloq:
— Hamma qizlar o‘qishda,
Kitob o‘qib yuribdi!
Bitta ahmoq bu yerda,
Qarsak chalib turibdi! - dermish.
Qizaloq onasiga debdi:
— Oyijon, men 5 yoshdaman! Nigora esa 3 yosh. Men kattaman!!!
Onasi:
— Qizim, men 33 yoshdaman! Men kattaman...
— Qizaloq onasini qulog‘icha pichirlab:
— Oyijon,kattaman emas, qariman deng...!
Bankni tunagan o‘g‘ri pullarni sanab ko‘rib:
— Bor-yo‘g‘i ellik million ekan..., - dedi g‘azabli ohangda.
Shu payt radiodan: "Shahrimizda joylashgan banklardan birida qo‘poruvchilik sodir etildi. Noma’lum shaxs tomonidan, bir milliard miqdordagi pul o‘g‘rilab ketildi" - degan xabar tarqaldi. O‘g‘rining battar jahli chiqib, o‘ziga-o‘zi ming‘irlab debdi:
— Hayotimni xavf ostiga qo‘yib, atiga ellik million o‘g‘irlay oldim xolos! Bank boshqaruvchisi esa, o‘tirgan joyida to‘qqiz yuz ellik million ishlab oldi-ya...!!!!
Oqshom ertagini bu safar o‘g‘liga otasi o‘qib bermoqda:
— Malika juda-yam go‘zal ekan... U shunchalar chiroyli edi-ki, shahzoda butun oqshom undan ko‘zlarini uza olmabdi.
— Ada, nega shahzoda malikani ko‘zlarini uzib olmoqchi bo‘lgan???
Dunyodagi 95 foiz qizlar bir xil turdagi yigitni orzu qilishadi:
Ichmaydigan, chekmaydigan, oliyjanob, haddan ziyod tartibli, juda kelishgan, badavlat, quvnoq, farosatli, aqilli, ...
Lekin shuncha ijobiy xislatlari bo‘la turib, hanuzgacha bo‘ydoq yurgan yigitni hech kim ko‘rmagan...!