Hayvonlar pivoga uzundan-uzun navbatda turishibdi. Hammadan oldin quyon o‘tib, pivo olmoqchi bo‘lgan ekan, bo‘rini jahli chiqib, quyonni to‘xtatibdi:
— Qayoqqa, hoy quyon?! Navbatni ko‘rmayapsanmi?
Quyon:
— Yur, bir chetga o‘taylik, gapim bor!
Bir daqiqadan keyin yana quyon navbatsiz pivoga o‘ta boshlabdi. Ayiq quyonni qulog‘dan ko‘tarib:
— Hoy shalpangquloq, qayoqqa?! - debdi.
— Bir daqiqaga bu yoqqa qaragin, - deb, ayiqni ham bir chetga olib ketibdi.
Qaytib kelib, doimgidek navbatsiz pivoga qo‘l uzatgan ekan, arslon o‘kiribdi:
— Jonga tegding-ku! Navbatga tur!
Quyon arslonni ham yetaklab, o‘rmon ortiga olib o‘tsa, u yerda odamxo‘r dev turgan emish.
— Yana go‘sht olib keldingmi?! Qachon pivo olib kelasan??? - dermish dev arslonni ko‘rib.
O‘ta tarbiyali odamning qarzdor tanishiga yozgan SMSi:
" Juda qo‘pol gaplar bilan so‘kib aytyapman, olgan qarzingni qaytarib ber!"
Taksida ketayotsam, haydovchi mamnun ohangda menga gap boshladi:
— O‘z kasbimdan mamnunman. O‘zimga-o‘zim xo‘jayin. Hech kim menga buyruq bermaydi.
Shu vaqt haydovchini gapini bo‘ldim-da:
— Chorrahadan o‘ngga qayriling! - dedim.
Futbol maydoni - kambag‘allar boylardan tepada turib, ularga baqirib, tomosha qiladigan yagona joy hisoblanadi.
— Shu xonada uxlasam, nuqul tushimga qo‘rqinchli odamlar kiraveradi.
— Ishxonada uxlashga balo bormi?...
Internetda yosh qiz:
— Abror aka, men sizga turmushga chiqishga roziman. Biz dunyodagi eng baxtli oila bo‘lamiz!
Yigit:
— Nimalar deb valdirayapsiz?! Axir men bor-yo‘g‘i sizni rasmingizga "Klass" bosdim-ku!?
Bir erkak bog‘chaga kelib, tarbiyachi qizga:
— Men o‘g‘limni olgani keldim. Hov anavi bolani kiyintirib bering, - debdi. Tarbiyachi hayron bo‘lib:
— U bola sizniki emas-ku desa, erkak:
— Farqi nima? Ertaga yana qaytib keladi-ku shu yerga, - dermish.
Bir odamning qo‘shnisi qazo qilibdi. Sherigi bilan qo‘shnisiga qabr kovlagani borishibdi. Navbat bilan kovlay boshlabdi. Oxiri sherigi tushibdi-da, kovlab bo‘gandan keyin:
— Uf-f, charchadim, - deb o‘tirib olibdi.
— Chiq! - desa,
— Odam charchagandan keyin go‘rdanam chiqgisi kelmay qolar ekan, - dermish.
Bugun ertalab avtomobilimda ketayotib, katta chorrahada o‘rnatilgan kamera meni suratga olganini payqab qoldim. Hayron bo‘ldim, nega??? Axir men tezlikni oshirganim yo‘q-ku!
Yana o‘sha chorrahadan 3 martta mashinamni juda sekin haydab, kameraga yuzimni burib, jilmayib o‘tdim. U meni 3 martta suratga oldi.
Ertasi kuni uyimga 4 ta kvitansiya va meni jilmayib turgan suratlarim keldi. Jarimalarning hammasi xavfsizlik kamarini taqmaganim uchun ekan...!
Sanatoriyga dam olish uchun kelgan odam xonasiga joylasha turib, sherigidan so‘rabdi:
— Bu yerni ovqatlari yaxshimi? Qorin to‘yadimi? - desa, sherigi:
— Bir bo‘lak non bersangiz aytaman, - dermish.