Kunlarning birida afandi eshagini yo‘qotib qo‘yibdi. Ancha qidirsa ham, topa olmabdi. Oxiri hafsalasi "pir" bo‘lib, hiyobondagi o‘rindiqda o‘tirsa, orqa tarafda ikki sevishgan suhbatlashayotganmish.
Yigit qizga:
— Seni ko‘zlaringga qarasam, butun olamni ko‘rgandek bo‘laman, - desa, afandi ular tomonga shartta o‘girilib:
— Qarab ko‘r-chi, meni eshagim ko‘rinmayaptimi?! - dermish.
Ikki dugona suhbatlashmoqda:
— Nega ertalabdan kayfiyating yo‘q?
— Yomon tush ko‘rdim.
— Qani aytib ber-chi!?
— Tushimda Bred Pitt va Leonardo Di Kaprio uyimga kelib, men uchun erim bilan yoqalashishibdi.
— Axir bu yomon tush emas, ko‘pchilik qizlarning orzusi-ku!
— Ha, lekin erim ulardan ustun keldi-da...
Ishbilarmon kishi chet ellik hamkorlari bilan majlis boshlay turib, kotibasiga:
— Menga qahva, manavi uchta echkilarga esa choy olib keling! - desa, mehmonlardan biri:
— Men tarjimonman! Gapingizni tushunib turibman, - debdi.
Yosh yigit ko‘chada otaxonni uchratib qolib, so‘rabdi:
— Amaki, chekishdan bormi?
— Mana, ol bolam!
— Gugurt-chi bormi?
— Mana, ol gugurt! Saqich ham bor, beraymi?
— Bering, amakijon.
Chol saqichni uzatib turib dermish:
— Eh, axir men sehrgar edim. Sen bo‘lsa arzimagan uchta tilagingni tilab bo‘lding...
Uchta erkak 8 mart kuni mazza qilib maishat qilib o‘tirishibdi-da, kechasi uyiga sovg‘alarsiz qaytishibdi.
Ertasiga ko‘rishib, bir-biridan hol-ahvol so‘rashibdi. Birinchisi:
— Kecha men uyga borsam, xotinim janjal ko‘tardi.
Ikkinchisi:
— Meni xotinim hafa bo‘lib, arazlab gaplashmadi.
Uchinchisi:
— Meni xotinim esa yedirib, ichirib qornimni to‘ydirdi.
— Nima??? Nimalar yeb-ichding?
Uchinchi erkak xo‘rsinib debdi:
— Kaltak yeb, zahar ichdim...!
Ikkita jinni baland binoga qarab turib suhbatlashmoqda:
— Shu binodan pastga sakragan odam, nechi kunda yerga tusharkin?
— 3 kunda tushsa kerak?!
— Tushgan odam o‘larmikin?
— Esing joyidami? 3 kun ovqat yemaydi, suv ichmay-yu, o‘lmaydimi?!
Ikki dugona do‘konga kiribdi. Birinchi qiz Yogurt sotib olibdi-da, shu zahoti ustidagi qopqog‘ini ocha boshlabdi. Buni ko‘rgan ikkinchisi:
— Esing joyidami? Loaqal kassani yonigacha bormaysanmi?! - desa, haligi qiz:
— Ahmoqmisan? Mana, qopqog‘ini ustiga "Shu yerdan oching" deb yozib qo‘yibdi-ku!?, - dermish.
Bir o‘zbekdan so‘rashibdi:
— Nimaga sizlar savolga savol bilan javob qaytarasizlar?
O‘zbek javob qaytaribdi:
— O‘zingiz nima deb o‘ylaysiz?
— Bizni korxonamizda ikkita xodim bir kunda uylanishdi. E’lonlar taxtasida quyidagi yozuvni ko‘rdik!
"Botir va Akmaljonlarning nikoh to‘ylari bilan tabriklaymiz"!!!
Qaynona har uchta kuyovini sinamoqchi bo‘libdi. Birinchi kuyovi darvozadan kirib kelishi bilan, o‘zini hovlidagi hovuzga tashlabdi. Katta kuyov darhol qutqarib olibdi. Ertasiga katta kuyovni darvozasi oldida yangi Neksiya mashinasi, uni ustida "Sevimli kuyovimga qaynonasidan" degan yozuv turgan emish.
Ertasiga qaynona o‘rtancha kuyovini ham huddi shunday sinabdi. O‘rtancha kuyovi tongda tashqariga chiqsa, darvozasi oldida yangi Matiz mashinasi, uni ustida "Sevimli kuyovimga qaynonasidan" degan yozuv turgan emish.
uchinchi kuni qaynona kenja kuyovini sinash uchun o‘zini suvga tashlabdi. Kenja kuyov ichida o‘ylabdi:
— Katta bojamga Neksiya, ikkinchi bojamga matiz tegdi. Menga eski Tiko yoki shalog‘i chiqqan Jiguli tegsa kerak, - debdi-da, qaynonasini qutqarmabdi.
Ertasi kuni ertalab ko‘chaga chiqsa, darvozasi oldida yangi Kaptiva turgan emish. Ustida "Sevimli kuyovimga qaynotasidan" degan yozuv turganmish.