Bizni shaharimizda qoidalar juda oddiy.
Yog‘ingarchilik boshlandimi? Demak, ko‘chalarga asfalt qilinadi.
Asfalt qilindimi? Demak suv quvurlari almashtiriladi.
Bir qiz do‘konga kirib debdi:
— Banan bormi? Yaxshi pishganidan 1 ta bering.
Sotuvchi:
— Nima qilasiz? Yana har doimgidekmi?
Qiz:
— Yo‘q, bu safar yegani olyapman.
Sotuvchi:
— Banandan yuzga niqob tayyorlash jonga tegdimi?
Bir kuni uyda o‘tirsam, 4 tasi kepti.
Bir o‘zim 4 tasiga qarshi chiqdim. Har biriga bir shapaloqdan qo‘ygandim o‘ziga kelolmadi.
Sizlarni uyingizda ham chivin bormi?
— Xotin, ko‘chaga chiqib olib g‘iybat qilishdan boshqa darding yo‘qmi?!
— Bor! Gaplarimni eshitadigan bekorchi qo‘shnini topish!

Bir bolakay shimini kiyibdi-yu, tugmachasini taqish esidan chiqib qolibdi.
Adasi buni ko‘rib debdi:
— O‘g‘lim, do‘kon ochiq qolibdi-ku!
O‘g‘li bo‘lsa:
— Do‘kon ochiq bo‘lsa, muzqaymoq olib bering! – debdi.

Ikki talaba suhbatidan:
— Tinchlikmi, nega xomushsan?
— Sevgan qizimga iPhone 11 olib berish uchun 1 yil pul yig‘gan edim. Kecha shu pulga ovqat olib yeb qo‘ydim.
— Ovqat? O‘zi nechi pul yig‘gan eding?
— 18 ming so‘m.
Bir amaldor fuqarolar bilan uchrashuvda gap boshlabdi:
— Biz oldin yaxshi yashaganmiz, hozir ham yaxshi yashayapmiz, bundan keyin ham yaxshi yashaymiz, - desa, fuqarolar orasidan ovoz kelibdi:
— Biz-chi?
Ona tili darsida. O‘qituvchi va o‘quvchi savol-javobidan:
— Ot necha turga bo‘linadi?
— Ikki turga, ustoz!
— Noto‘g‘ri Asqarov! Xo‘sh, ot qanday savollarga javob bo‘ladi?
— Necha yoshda va necha martta bolalagan degan savollarga, ustoz...!
Sud jarayoni ketmoqda. Sudya uy egasiga savol beribdi:
— Siz o‘g‘rini o‘z uyingizda ushlab olganingiz rostmi?
— Ha!
— Uyingizga o‘g‘ri kirib olganini qayerdan bilib qoldingiz?
— Xotinimga latifa aytib bersam, shkaf ichidan kulgan odamni ovozi eshitildi...!
Fursatdan foydalanib, sevgan qizimni ixtirochilar kuni bilan tabriklayman! U ham o‘zicha, o‘zidan kimnidir yasab olgan...