Kuz, kunlar sovigan Afandini o‘g‘li do‘konga kirib sotuvchidan:
— Amaki bitta qaynoq muzqaymoq bering - debdi.
Bir odamning uyiga mehmon kelibdi. Bir oz suhbatlashishgandan so‘ng mehmon uy egasidan so‘rabdi:
— Nega itingiz menga hadeb irrilayapti?
Uy egasi:
— Idishida ovqat yeganlarni yoqtirmaydi.
Kichkina bolakay dadasiga:
— Dada, uylanish uchun qancha pul kerak?
Dadasi onasiga pul berayotgan ekan:
— Bilmayman, men hali ham to‘layapman.
Bir kuni mast er uyga kelib eshikni taqillatibdi:
Er:
— Men go‘zal ayolga gul olib keldim!
Xotin eshikni ochib qarasa gul yo‘q:
— Qani gul??
— Qani go‘zal ayol???
Og‘ayni, devoringa yopishtirgan sur’atdagi hamma qizlar bilan tanishmisan?
— Ho‘sh, o‘zing-chi, uyingdagi o‘n javon kitoblarning hammasini o‘qib chiqqanmisan?
Konsertda o‘tirgan bir kishi yonidagi odamdan so‘radi:
— Nega qo‘shiqchi qo‘shiq aytib u yoqdan-bu yoqqa chayqalaveradi?
— Qimirlab turgan nishonni urish qiyin bo‘ladi-da.
Sudya:
— Nega ovchilar jamiyati a’zosi bo‘lmay turib quyonni o‘ldirdingiz?
Jabrlanuvchi:
— Nega quyon mening oilam a’zosi bo‘lmay turib dalamdagi karamni yeydi?
Bir bino qulab tushibdi. So‘ng g‘isht, qum va sementni sudga berishibdi.
Birinchi g‘ishtni so‘roqlashibdi:
— Seni qamaymiz, seni deb bino quladi desa.
g‘isht:
— Meni xech qanday aybim yo‘q, meni qanday qo‘yishgan bo‘lsa shunday turdim debdi.
qumga:
— Barchasiga sen aybdorsan, bino seni deb qulagan desa.
qum:
— Men xech narsa qilganim yo‘q. meni qanday qorishgan bo‘lsa shunday turdim debdi.
Oxiri sementga:
— Bino seni deb qulagan, sen aybdorsan desa,
Sement:
— Meni bunga qo‘shmeyla, men bularni orasida yo‘qman debdi.
Siz g‘irt yaramas, iflos, isqirt, o‘g‘ri, tunlari ko‘chalarda sang‘iydigan qop-qora mushugimni ko‘rmadingizmi?
O‘zbek mobil maqollari:
Eldan chiqsang ham, xizmat doirasidan chiqma.
Yigit kishiga 40 sim-karta ham oz.
Yangi raqam olmay, eskisini sotma!