Avtomobilga yonilg‘i quyish shoxobchasida:
— Sizni ogohlantirib qo‘yay, bugundan benzinning narxi oshdi.
— Yaxshi, menga kechagi benzindan ellik litr quying.
Oq qand yangi chiqqan vaqtda Afandi taajjublanib qandfurushdan so‘radi:
— Aka, bu nima? Rohatijonning qurug‘i desam, shinnisi ko‘rinmaydi...
Qandfurush tushuntirib berdi:
— Bu - qumshakarning yirigi, yangi chiqdi. Buni oq qand deyiladi.
— Jinday chashna bering-chi?
Afandi oq qanddan bir chaqmog‘ini og‘ziga solib so‘rgan edi, huzur qilganidan badanlari yayrab, ko‘zlari suzilib ketdi.
— Shunday yaxshi narsani sotasizmi,— dedi Afandi yutinib,— uyingizga oborib bola-chaqangiz bilan so‘rishmaysizmi?!
Bir kuni adabiy jurnal muharririga she’r qo‘lyozmasi yuborildi. She’r «Men nechun tirikman?» deb atalarkan. She’rning o‘zi esa juda uzun va zerikarli ekan. Muallifga juda qisqa javob jo‘natildi: «Siz she’ringizni pochta
orqali yuborganingiz uchun tiriksiz. Agar uni idoramizga o‘zingiz olib kelganingizda, shubhasiz, bu yerdan tirik chiqmasdingiz»
Ikki vrach operatsiya stolidagi bemor oldida suhbatlashishyapti:
— Davolaymizmi yoki yashayversinmi!?!?!?!!!!!
Afandi bozor aylanib yurib, bir zargarlik do‘koni yonida tilla buyumlarni tomosha qilib, uzoq turib qoldi.
— Ha, birodar, buncha tikilib qoldingiz? — deb so‘radi zargar.
— Mana bu oltin buyumlarga havasim kyelib qoldi. Nazarimda, bu zargarlik do‘koni bo‘lsa kerak-a?
— Yo‘g‘-e, ko‘zingiz ojizroqmi o‘zi? — dedi zargar o‘zicha hazillashgan bo‘lib, — bu yerda eshakning kallasi sotiladi-ku!
— Shunaqami? Menimcha, savdongiz juda o‘ngidan kelayotganga o‘xshaydi-ya?
— Qayoqdan bildingiz?
— Shunday katta do‘konda faqat bittagina eshakning kallasidan boshqa narsa qolmabdi-ku!— dedi Afandi zargarning kallasiga ishora qilib...
— Dada, siz qorong‘ida ham yoza olasizmi?
— O‘ylaymanki, yoza olaman.
— Unday bo‘lsa, chiroqni o‘chirib, kundaligimga qo‘l qo‘yib bering...
Ishyoqmas, tekintamok, dangasa odamlar uchun 8 qoida:
1 — Yotadigan krovatingni o‘zingni sevganingdek sev.
2 — Kimdir dam olayotganini ko‘rsang, albatta, yordamga oshiq.
3 — Ish - mukaddas narsa, unga tega ko‘rma!
4 — Qaysidir ishni ertaga qoldirish mumkin bo‘lsa, uni aslo bugun bajarma!
5 — Ishlaganlar sog‘lom bo‘ladi, deyishadi, demak, bemorlarga ish qoldirish kerak, ular sog‘ayishsin.
6 — To‘satdan ishlaging kelib qolsa, shoshilma. Chuqur nafas ol, o‘tib ketadi.
7 — Aslo unutma, ish baribir tugamaydi!!!
8 — Agar ko‘p ishlash bilan millioner bo‘lish mumkin bo‘lganda edi, unda hamma ishchilar boyib ketgan bo‘lar edi.
— Ha, o‘rtoq ko‘zinga nima qildi?
— Xotinim pomidor bilan urdi.
— Pomidorga shunday ko‘karib ketdimi?
— Pomidor bankani ichida edida.
Bir kuni tushida qo‘shni xotinlar Afandini chiroyli, yosh qizga uylantirmoqchi bo‘lishib turganlarida u uyg‘onib ketib, xotinini turta boshladi:
— Xotin, xotin, tur, ish chatoq!
— Nima gap?— uyqusirab so‘radi xotini.
— Qo‘shnilar meni uylantirishmoqchi, ularni hayda!
— Tinch qo‘ying, uyqumni buzmang?
— Bilib qo‘y, men seni oldindan ogohlantirib qo‘ymoqdaman. Haqiqatan ham ularning shunday niyati bo‘lsa, keyin mendan o‘pkalab yurma,— dedi Afandi.
Afandining birov bir narsa so‘rasa, o‘sha zahoti bermay, ertasiga beradigan g‘alati odati bor edi. Bir kun qo‘shnisi:
— Bir oshlik tuz berib turing,— dedi.
— Tuz yo‘q edi-ku,— deb qaytardi-da, ertasiga o‘zi olib chiqib berdi.
— Iye, bor ekan-ku, nega kecha bera qolmay, bugun o‘zingiz olib chiqdingiz?
— Beradigan narsamning qadri bilinsin, dedim-da.