Qizlar yigitila ichmasa, chekmasa, qizla bilan gaplashmasa, har yarim soatda tel qilib tursa, SMSilaga hali dostavleno kemasidan otvet yozsa, silarga xiyonat qilmasa, ko‘chada daydib yurmasa, faqat silani sevsa, ertalabdan kechgacha yonilada yursa, ko‘zi boshqa qizlarni ko‘rmasa --> turtib ko‘rilachi o‘lib qomaganmikan.
Afandi sartarosh bo‘lib podshoning sochini olar edi. Qo‘rqqanidan qo‘li qaltirab, podshoning boshini kesib oldi.
Podsho qichqirdi:
— Ko‘zingga qara, yaramas, boshimni kesding!
— Tovba, kesilgan boshning gapirishini umrim bo‘lib endi ko‘rishim,— dedi ajablanib Afandi.
— Oyijon, siz seriallarga qiziqanmisiz?
— Qizim Gvadelupa, menga bo‘lar-bo‘lmas savollarni beravermasdan. Jadini kiyintirib, ukang Jumongni o‘ynatib tur. Bir pastdan so‘ng singling Latifani olib kegani bog‘chaga boramiz.
Ikki kishi yo‘lda ketayotsa, biri birdan xoxolab kulvoribdi.
Sherigi:
— Nega kulding, - deb so‘rasa
— O‘zimga o‘zim latifa aytayotsam, ichidan eshitmaganim chiqib qoldi, - dermish.
Afandi temirchilik qilar ekan. Bir kuni qizigan temirni olib, bolg‘alayman deb tursa, boy kelibdi-da, temirga qarab:
— Temirni qiziganini qara, ushlasang qo‘ling yopishib qolsa kerak-a?
— Boy buva, agar hozir bitta tilla tanga bersangiz, qo‘limga olib tilimga ham tegizishim mumkin.
— Yo‘g‘eye, mana ol tilla tanga, deb bitta tilla tanga bersa.
Afandi tilla tangani qo‘liga olib, keyin tiliga tekkizibdi-da, cho‘ntagiga solib qo‘yibdi.
Xusan, do‘stidan hafa bo‘lib, shunday dermish:
— Iting senga do‘st bo‘lsa yaxshi, lekin do‘sting it bo‘lsa yomon.
O‘g‘il otasidan so‘rayapti:
— Dada, qadimda erkaklar turmush o‘rtog‘ini to‘ydan keyingina tanishgan ekan-a?
— Hozir ham shunday, to‘ydan keyin kimligini bilasan ularning...
Bir yigit millionerning qiziga uylanib boyib ketibdi. Uning uyiga bolalikda birga o‘sgan do‘sti mehmonga kelibdi. Xotini choy damlashga chiqib ketgan paytda:
— Og‘ayni bu qizga nega uylanding? Bunchalik xunuk qiz bo‘lmasa, ko‘ziyam g‘ilay, yurishi ham neto, uning ustiga duduq ham ekan, - deb shivirlab past ovozda gapirsa...
— Shivirlamay qattiqroq gapiraver, baribir eshitmaydi, - dermish
Hayvonot bog‘ida.
— Oyijon, filni sotib olaylik!
— Iye, uni qanday qilib boqamiz?
— Boqmaymiz! Ana yozib ko‘yishgan-ku "Filga ovqat berish taqiqlanadi”, - deb
Ikkita xo‘roz:
— Yur ketdik, aylanib kelamiz.
— Ha, qayerga?
— Tabakaga!
— U yerda nima qilamiz?
— Yalang‘och tovuqlarni tomosha qilamiz.