Bir duduq do‘konga kirib AHMAD choyini olaman deb, AATKO choyini sotib olibdi.
Kitob magaziniga kirgan kishi sotuvchi ayoldan so‘radi:
— «Erkaklar ayollarni e’zozlashi kerak» - degan kitob bormi?
— Fantastika bo‘limi qo‘shni xonada.
Yarim kechada uchta mast kishi temir yo‘ldan ketisharkan, biri dedi:
— Bu zinapoya juda baland ekanmi-a?
— Ushlab chiqishga tutqichlari ham past ekan, dedi ikkinchisi.
Uchinchisi yengil tin olib:
— Hechqisi yo‘q, ana lift kelyapti, - dermish.
Yozning issiq, dim kunlarining birida podsho Afandi bilan boqqa chiqdi. Pashshalar bet-qo‘liga qo‘na berganidan bezor bo‘lgan podsho so‘radi:
— Nega bu pashshalar faqat menga yopishadilar, sira sizga qo‘nmaydi?
— Zehn qo‘yib qarasinlar,— javob berdi Afandi, — pashshalarning hammasi o‘z pashshangiz!
Podsho qalandar libosida yo‘lda ketayotgan edi. Afandi bir daraxtning soyasida uxlab yotgan ekan. Podsho uni uyg‘otdi.
— Ha, nima deysan?! Nega mening uyqumni buzding deb do‘q qila boshladi Afandi.
— Birodar, sen yaxshi kishiga o‘xshaysan, bir narsa so‘ramoqchi edim, shuni aytib bergin.
— Xushomaddan Afandi erib ketib, hovridan tushdi:
— Qani, so‘ra-chi, nima demoqchisan?
— Bu mamlakatning podshosi zolimmi, odilmi? Rostini ayt.
— E birodar, nimasini aytasan, u shunday qonxo‘r, zolimki...— deb yomonlab ketuvdi, «qalandar» gapini bo‘ldi:
— Meni taniysanmi?
— Yo‘q.
— Men Podsho bo‘laman.
Afandining badaniga titroq turdi, lekin sir boy bermadi:
— Meni taniysanmi?
— Yo‘q.
— Men shu shaharning jinnilaridan bo‘laman. Har oyda uch kun jinni bo‘laman. Mana bugun jinniligim boshlangan kun.
Oddiy askar Kayfiyev bir qadam oldinga. Kecha yana ichibsiz, agarda ichishni tashlasangiz sizga serjant unvonini beraman.
Kayfiyev javob beribdi:
— Serjant unvonini nima qilaman, ichsam o‘zimni Generaldek his qilaman-ku.
35 yoshga kirgan bo‘ydoq yigitdan so‘rashibdi:
— Nega uylanmagansiz?
— O‘zimga mos ideal qiz izlab yurgandim, nihoyat topdim!
— Endi uylanasizmi?
— Yo‘q
— Nega?
— U ham ideal yigitni izlayotgan ekan
Bir yigit sevgan qiziga:
— Agar qo‘limda nechta mandarin borligini topsangiz, ikkalasini ham sizga beraman, dermish.
Podsho bir kuni iyib ketib, Afandidan so‘radi:
Afandi, bugun vaqtim chog‘, senga biror narsa sovg‘a qilgim kelyapti. Nima bersam ekan, a?
— Ximmatni o‘zlariga bersin, shohim,— dedi Afandi,—qanday narsa bersangiz ham menga shahar bergandek bo‘lasiz.
— Yaxshi,— dedi podsho,— men sanayman, sen ma’qul bo‘lganini o‘zing tanla: yuz tilla pul, to‘pichoq ot, bir suruv qo‘y, yaxshi bog‘. Qaysi biri ma’qul?
—Agar ulug‘ shohim iltifot qilsalar, yuz tillani cho‘ntagimga solib, otga minib, bir suruv bo‘rdoqi qo‘yni boqqa haydab kirib borsam. Sizning oliy ximmat Xotamtoyligingizga butun shahar qoyil qolar edi - dermish.
— Ishtahang karnayku, bordi-yu, hech narsa bermasamchi?
— Nima ham derdim,— ma’yus javob berdi Afandi, — unda o‘zingizning podsho ekanligingizni isbot qilgan bo‘lasiz.
Shayton bolasiga uqtiribdi:
— Bolam, odamdan uzoqrok yur, chunki o‘zi gunoh qilib bizga tuhmat qiladi.