Rahbarining imzosini qo‘yib o‘rgangan buxgalter, ishdan bo‘shagach rahbarini nomiga beshta kredit olishni uddalagan ekan.
Tarix fanida o‘qituvchi savol beribdi:
— Fransiya - Prussiya urushi haqida nimalarni bilasan?
O‘quvchi jim turaveribdi.
O‘qituvchi:
— Nega gapirmaysan?
O‘quvchi:
— Dadam urush-janjalga aralashma deganlar, - debdi.
Agar qo‘l telefoningizni quvvati ish kunining oxiriga kelib 95%ni ko‘rsatayotgan bo‘lsa, demak shu kuni rostan ham ishlangansiz.
— Allo, hayvonlarni himoya qilish jamiyatimi?
— Ha. Nima gap?
— Bu yoqqa odam yuborsangiz. Hovlidagi daraxtga pochtachi chiqib olibdi. Pastdagi itni haqorat qilyapti.

Kurka tovuq 4 ta xo‘roz va 1 ta indyuk jo‘ja ochibdi. Buni ko‘rgan xo‘roz tovuqni xiyonatda ayblab katakdan chiqib ketib qoligan ekan.

Sud zalida:
— Gumonlanuvchi, nima uchun siz cho‘kayotgan xotiningizni qutqarishga harakat qilmadingiz?
Erkak javob beryapti:
— Men uni cho‘kayotganini bilmadim. U har doimgidek baqirayotgandi...!
Xotin:
— Odam ham shunchalik bo‘kib ichishi mumkinmi? Hecham tushunolmayman!
Er:
— Tushunmagan ishingga aralashmagin deb nechi martta aytaman senga?!
Jahli chiqqan er xotiniga debdi:
— Nima uchun bu uyda bo‘layotgan ishlardan men oxirgi bo‘lib xabar topaman?
Xotini:
— Tis-s sekinroq, bolamizni uyg‘otib yuborasiz! – desa, er:
— Qanaqa bola? – debdi.
Qo‘ng‘iroq qilsang, "Eshitmabman", "Telefonim yonimda emas edi" deyishadi.
Telegramdan yozsang, darrov o‘qishadi.
Bo‘ri yo‘lda ketayotsa, yelkasini burga chaqibdi.
Bo‘ri yelkasidan burgani olib:
— Agar yana meni chaqsang piyoda ketasan, - degan ekan.