Qo‘shnilari afandini masxara qilib, darvozasi yonidan o‘tib ketayotib:
— Ha afandi, itingiz o‘lib xafa bo‘lmay o‘tiribsizmi? - deyishsa, afandi:
— Kiringlar! Do‘stingiz o‘tgan joylar, biroz xotirlab ketasizlar, - degan ekan.
— Tishi chiqyapti...
— Tishi? Axir uning yoshi 60 dan oshganku?
— Tanglay tishi... Kecha bexosdan yutib yuboribdi...
Xitoyda chiqqan narsa birinchi martta buncha ko‘pga chidadi.
"Hammamiz uyda o‘tirganimizda ko‘chalarda mashinalarimiz bemalol yurardi-ya..."
— Nima qilasan sirkda? Har kuni yangiliklarni o‘qib tursang, shuni o‘zi yetarli!
— Bosadigani uchta bo‘lishi kerak. Senda esa kam ekan. Haydab bo‘lmaydi buni.
— Menda avtomat.
— Qo‘rqitmoqchimisan?!
— Xafa bo‘lma! Istasang, yana so‘z beraman.
— Shippak olib keldingizmi?
— Ha.
— Kiyimlaringizni olib keldingizmi?
— Ha.
— Ko‘rpa va yostiqlarimiz qolmadi. Olib keldingizmi?
— Ha.
— Mana bu ro‘yxatdagi dorilar ham qolmagan. Olib keldingizmi?
— Ha.
— Yoningizda turgan oq xalatli yigit kim?
— Har ehtimolga qarshi vrachni ham o‘zim bilan olib keldim.