Mashhur rasmlar ko‘rgazmasiga kirish uchun chegirma e’lon qilinibdi.
Faqat ko‘zi ojizligi to‘g‘risida guvohnomani ko‘rsatib kirish talab qilinayotgan ekan.
Neftni narxi tushib borayotganiga qaramay, benzinni narxi tushib ketishidan saqlanib qolmoqdamiz.
Bugungi ishni ertaga emas, indinga qoldirish kerak.
Shunda 2 kun mazza qilib dam olsa bo‘ladi.
Agar siz yolg‘on gapirmasangiz-u, qizarib ketsangiz, demak gipertoniksiz.
Agar yolg‘on gapirsangiz ham qizarmasangiz, demak deputatsiz.

— Elektr energiyasi uchun to‘lagan pulingiz tugab, to‘satdan chirog‘ingiz o‘chib qolsa nima qilasiz?
— Qo‘shnilarni uyiga mo‘ralayman. Kimda yana chiroq o‘chdi ekan deb...

Keliniga telefon qilgan qaynona so‘rabdi:
— O‘g‘lim qalay? Yaxshi yuribdimi?
Kelini:
— Ha. Har kuni mast bo‘lib yarim tunda uyga keladilar. Ishga bormayaptilar. Notanish ayollar telefon qilib gaplashib o‘tirishadi.
Qaynonasi:
— Xayriyat! Kasal bo‘lmasa bo‘ldi!
— Nega baliqlar gapira olmaydi Sardor?
— Siz suv tagida gapira olarmidingiz ustoz?
— Seni shunchalar sevamanki, ismingni uyimni hovlisiga yozib qo‘ydim.
— Shunchalik sevsang, uyingni meni nomimga yozdirib ber!
Qurilish maydoni. Tepadan pastdagi sherigiga g‘isht tashlagan ishchi uni chaqiryapti:
— Qosim! Qosim!?
— ...
— Tashlagan g‘ishtimni ushlab oldingmi?
— ...
— Tepadan senga g‘isht tashladim. Ushlab oldingmi?
— ...
— Ushlab olmaganga o‘xshaydi...!
Agar o‘rmonda oldingizdan ayiq chiqib qolsa, bir chetga o‘tib tilanchiga o‘xshab turib oling. Ayiq ham aniq siz tarafga qaramay o‘tib ketadi.