Bir kuni ikki kishi bitta sigirni talashib qolibdi. Sigir kimniki ekanini aniqlash uchun qoziga murojat qilishibdi. Ikki kishi bo‘lsa sigirni bir u tomonga, bir bu tomonga tortarmish. Qozi bo‘lsa o‘rtada sigirni sutini sog‘ib turgan ekan.
2050 yilda Rossiyada o‘zbek bolasi onasidan so‘rabdi:
— Onajon, bu yerda xaqiqatdan ham ruslar yashaganmi? - desa, onasi:
— Eh bolam... Bunga uzoq yillar bo‘lgan... - debdi.
Bolakay otasidan so‘rabdi:
— Dada, 2 ta savol bersam maylimi?
— Mayli, so‘ra!
— Birinchisi - menga yangi o‘yinchoq olib berasizmi? Ikkinchisi - nimaga yo‘q?
Qani edi...:
Taksichi gapirmay ketsa.
Sartorashing har safar "Qanaqa qilib kesamiz?" deb so‘ramasa.
Bir er xotiniga 8 mart bayramiga uchta bir xil ichki kiyimlardan sovg‘a qilsa, xotini sovg‘alarni olib:
— Adasi, bu nima qilganingiz? Nega bularni hammasi bir xil? Ko‘rganlar umuman almashtirmas ekan demaydimi?! - degan ekan.

Erning 8 mart kuni ayoliga aytayotgan so‘zlariga:
Xohlaysangmi? Senga oyni sovg‘a qilaman! Istasang yulduzlarni, quyoshni, sayyoralarni, dengiz-u daryolarni sovg‘a qilaman!
So‘rayver! Pul to‘lanmaydigan hamma narsalarni so‘rayver!

Erkak do‘stidan so‘radi:
— Xotiningga 8 martda nima sovg‘a qilding?
— Erkinlik sovg‘a qildim, erkinlik!
— Doktor,chap oyog‘im juda zirqirab og‘riyapti.
— Yosh tufayli bo‘lsa kerakda?!
— Ha, lekin o‘ng oyog‘im bilan tengdosh bo‘lsayam og‘rimayaptida...
Ofisda ikki og‘ayni suhbatidan:
— Do‘stim bilasanmi, kecha bekatda shunaqangi chiroyli qiz o‘tirgan ekan...! Gap otmoqchi bo‘lib yoniga borsam menga qarab nima qildi degin.
— Xo‘sh, nima qildi?
— O‘rnidan turib "O‘tiring amaki" deb joy bersa bo‘ladimi?!
Buyurtmachi tayyor binoni qabul qilib olayotib 50 metr yerga qazib qurilgan quduqni ko‘rib qolibdi. Quduqni atrofini g‘isht bilan o‘rab, oxiriga katta chiroq ham o‘rnatilgan emish.
— Bu nima? – deb so‘rabdi prorabdan.
— Mana siz bergan loyiha chizmasi bo‘yicha qurdik, - deb chizmani uzatibdi prorab.
Buyurtmachi chizma tushirilgan qog‘ozni 180 graduska aylantirib:
— Axir bu 50 metrli minora edi-ku! – degan ekan.