Qorboboga mazzada! Bir yilda 1 haftagina ishlaydi. qolgan vaqt dam oladi.
Chol kampirga debdi:
— Kel kampir, bir-birimizga haqiqatni aytaylik! Menga necha bor xiyonat qilgansan?
Kampir:
— Oldin o‘zingiz ayting, - debdi.
Shunda chol tomdan bir xalta mosh olib tushib debdi:
— Mana! Shuni ichida necha dona mosh bo‘lsa, shuncha xiyonat qilganman.
— Endi sen ayt, - desa, kampir sandiqdan bir hovuch yong‘oq olib cholni oldiga qo‘yibdi. Keyin kampir choliga:
— Insofsiz ekansiz! Bir xalta mosh qanaqangi ko‘p bo‘lishini bilasizmi?! Shuncha martami? – desa,
— Yo‘q. Meni do‘konga mosh olib kelishga yuborganingda 3-4 haltasini olib chiqib senga bergandim, - degan ekan.
Bir qiz kursdosh dugonasiga gapirib beryapti:
— Kecha yigitim bilan aylanib yursak, uni avvalgi sevgan qizi uchratib qoldik. U qiz menga qarab “Mendan nimasi ortiqcha buni?” desa bo‘ladimi!
Dugonasi qiziqib:
— Xo‘sh? Sen nima deding? – so‘rabdi.
— O‘ylab o‘tirmay yigitimni ko‘rsatib “mana nimam ortiqcha” dedim.
— Dadasi, men uchun aqlga sig‘maydigan qahramonlikka qodirmisiz?
— Albatta, xotinjon. Mana, uylandim-ku senga!
Bir qizning telefoniga notanish raqamdan SMS keldi:
— Sevganing bormi?
— Ha, bor! Kim bu?
— Bu men, otangman! Sen bilan uyda gaplashaman!
5 daqiqadan so‘ng yana SMS kelibdi:
— Sevganing bormi?
— Yo‘q! Kim bu yana?
— Bu men, yigitingman! Bu nima deganing? Demak mendan or qilar ekansan-da!...
Tez yordamda ishlovchi vrachning shiori:
Qanchalik kech yetib borsang, shunchalik diagnoz aniq bo‘ladi!
Ikki ulfat uchrashib qoldi:
— Bugun nima sabab bilan ichamiz? - deb so‘radi birinchisi.
— Bugungi kun uchun ichamiz, - dedi ikkinchisi.
— Bugun nima tug‘ilgan kuningmi? - dedi birinchisi.
— Yo‘q, bugun 29.02.2020 yil. Umringda bir marta bo‘ladigan kun uchun ichamiz, - dedi ikkinchisi.
— Sizdan hafaman, - debdi qiz yigitga nozlanib.
— Hafa bo‘lmang, - deb yigit qizni qo‘lidan ushlabdi.
— Men sizdan juda-yam qattiq hafaman, - dermish qiz yigitga yana ko‘proq noz-karashma qilib.
Onasi:
— Nega kundaligingda faqat 2 va 3 baholar turibdi. 5 olasanmi o‘zi yo yo‘qmi?!
Bola:
— Axir 2 ga 3 ni qo‘shsak 5 ku oyijon!
Boyib ketish niyatida tadbirkor bo‘lishni reja qildim. Biznes reja ham ishlab chiqdim. Keyin bilsam, soliq kodeksida men uchun rejalar allaqachon yozib qo‘yilgan ekan.