Sinf rahbari o‘quvchilarga:
— Ertaga sinf xonasini ta’mirlashga 50 ming so‘mdan olib kelinglar, - desa, o‘quvchilar:
— Ustoz, nega buncha qimmat? – deyishibdi.
Shunda ustozi:
— 30 ming so‘mni menga berasizlar, qolgani o‘zingizga. Ota-onangizga 50 mingdan yig‘dim deb aytaman, - debdi.
O‘quvchilar bir ovozdan:
— Kelishdik, ustoz! – deyishibdi.
Men Gagarin va Nyutonning kimligini endi bildim. Birinchisi Yerdan “surmoqchi” bo‘lgan. Ikkinchisi esa bu ishdan biror foyda yo‘qligini isbotlab bergan.
Fil yo‘lda ketayotsa, yo‘lidan chumoli chiqib qolibdi.
— Qayerdan kelyapsan chumoli? – debdi.
— Tog‘dan, - debdi chumoli.
— Tog‘da o‘t-o‘lanlar qanaqa ekan? – so‘rabdi fil undan.
— Tizza bo‘yi, - debdi chumoli.
— Bugun meni portfelingizni qahvaxonada qoldirib kelibsiz deb mazhara qilmaydigan bo‘lding! – maqtandi er.
— Qiziqmisiz!? – hayratlandi xotini. — Axir ertalab ishga portfelsiz ketgandingiz-ku!
Bemorni sinchiklab tekshirgan vrach bemorni o‘ziga eshittirmaydigan sekingina xotini tomonga o‘girilib:
— Bilasizmi, eringiz menga yoqmayapti, - desa, xotini ham past tovushda vrachga:
— Shuni ayting! Menga ham yoqmaydi. Lekin bolalarim uni yaxshi ko‘radi-da! – debdi.
— Do‘stim, men farzandli bo‘ldim.
— Iye, zo‘r-ku! Tabriklayman! Xotining xursandmi?
— Xotinimga hali aytganim yo‘q. Bilsa, o‘ldiradi meni.
— Salom do‘stim! Eshitishimcha urushda sen yarador bo‘lgan ekansan?
— Ha, chap ko‘kragimga o‘q tekkan.
— Unda qanday qilib tirik qolgansan, yuragingga tegmaganmi o‘q?
— Yo‘q! O‘q tekkan paytda yuragim tovonimga tushib ketgandi.
Bir timsohni uzunligi boshidan dumigacha 10 metr, dumidan boshigacha esa 7 metr chiqarmish.
Hafta kunlari ham shunday. Dushanbadan jumagacha 5 kun, jumadan dushanbagacha 3 kun.
Telefonimdagi budilnik musiqasiga “Ummon”ni ashulasini qo‘yganimdan beri, besh daqiqa oldin uyg‘onib budilnikni o‘zim o‘chirib qo‘yaman.
— A-xa, qo‘lga tushdingmi?! – dedi Nasriddin do‘stlaridan biriga. — Pivo ichyapsan! Doktor senga ichishni ta’qiqlagan edi-ku! Demak, sen byulletenni bir necha kunga cho‘zmoqchisan!
— Ta’qiqlagani to‘g‘ri. Lekin o‘sha doktor yaqinda qazo qildi. Xo‘sh, u o‘lgandan keyin ham buyrug‘iga bo‘sunishim kerakmi?! – debdi do‘sti.