Bolaligimizda kattalar bizga “Katta bo‘lsang aytib beraman” deyishar edi.
Kimgadir biror narsani aytib berishdimi kattalar?
Afandi eshigi oldidagi supachada talqon yeb o‘tirardi. Endi talqonni og‘izga solaman deganda shamol esib, talqonni uchirib yuboribdi. Og‘izga hech narsa tushmabdi. Shu holat 2-3 marta takrorlanibdi. Qo‘shnisi devordan mo‘ralab:
— Hoy qo‘shni nima yeyapsiz? – desa, afandi:
— Shamol to‘xtamasa, hech narsa! – dermish.
Yaxshi er tongda uyqudan bitta hayol bilan uyg‘onishi kerak:
"Xotinimni kiyishga ko‘ylagi yo‘q, meni uxlab yotishimni qara! Tezroq va ko‘proq pul topib, uni xursand qilishim kerak. Odamlar aytmasin xotini yana o‘sha avval kiygan ko‘ylagini kiyibdi deb. Sharmanda bo‘lamiz-a, sharmanda!"
— Sen o‘tirib chiqqanmisan?
— Ha, 11 yil.
— Qayerda?
— Maktabda.
Ba’zida budilnik uyg‘onishga yordam beradi. Lekin ko‘pincha uxlashga halaqit beradi.
Bozorda bir chaqqon yigit: "kep qoling, op qoling, Xitoy banani, yangi keltirilgan" deb reklama qilayotganmish.
Bir opaxon kelib:
"Xitoyniki demang, virusdan qo‘rqib, hechkim olmaydi" desa, sotuvchi yigit: "yaxshi ketayapti, opa, kimdir qaynanasiga, kimdir boshqasiga deb olayapti" dermish...
— Dugonajon, oxirgi uch yilda chiqgan yangi seriallarning nomini aytib yubor!
— Bolangni bog‘chaga berdingmi?
— Ha...
3 ta qiziq bir fakt bor:
1) Hech bir odam chap ko‘zi bilan yozuvni o‘qiy olmaydi.
2) Buni o‘qigan sodda odam darrov shu ishni qilib ko‘radi.
3) Aldanganini bilib kulib qo‘yadi.
Maktabda uy ishi uchun “Mening ota-onam” mavzusida insho yozib kelish berilibdi.
Bir o‘quvchi daftariga shunday yozib kelgan ekan.
Ota-onalarimiz shunday yoshga kirishgan-ki, ularni tarbiya qilish va urishganlarida ajratishga bizning kuchimiz yetmayapti.
Bir odam avtomobilini katta tezlikda haydab ketayotsa, GAI xodimi to‘xtatib so‘rabdi:
— Nega bunchalik gazni bosib kelyapsiz? - desa haydovchi:
— Yo‘llarimiz ravon, yurtimiz tinch bo‘lsa... Sizdek posbonlarimiz xizmatda bo‘lsa... Nimadan qo‘rqamiz!? Bosamizda gazni, - desa GAI xodimi g‘ururlanib:
— Oq yo‘l! - degan ekan.