Ayol kishi mashina boshqarib ketyapti. Yonida eri o‘tiribdi:
—Adasi, manavi piyoda jonidan to‘yganmi?! 10 daqiqadan beri mashinani oldiga tushib olib yugurib ketyapti, - debdi xotini.
Eri bo‘lsa:
— Piyodalar yo‘lagida yurma deb senga necha martta aytganman! – debdi.

Bo‘yi yetgan qiz dugonasiga:
— Menga turmushga chaqishni taklif qilishdi.
Dugonasi:
— Zo‘r-ku! Kimlar?
Qiz:
— Ota-onam.

Ikkita og‘ayni o‘rtog‘ini uyiga mehmonga kelibdi. Bitta yigit darvozani oyog‘i bilan tepib do‘stini chaqiribdi.
Yonidagi yigit:
— Nega darvozani tepding? - desa, yigit:
— Shunday qilsam, qo‘li band ekan, quruq qo‘l bilan kelmagan deb o‘ylaydi-da keyin darvozani ochadi, - debdi.
Buvimni telegram haqidagi fikrlari:
"Yaxshi narsa ekan. Qarindosh-urug‘ing bilan gaplashasan, ko‘rishasan-u, dasturxon, tog‘ora deganlarini qilish shart emas ekan".
Quruq oylikka yashayapman deb, ONIX avtomobilini 150 ming dollarda sotib olsam hech kim hayron bo‘lmaydi. Lekin 1 yildan keyin uni yana 150 ming dollarga sota olsam, hamma menga qoyil qoladi.
— Nimaga ayollar bunchalik rashkchi bo‘lishadi?
— Chunki boshqa ayollar nimaga qodir ekanini ular yaxshi bilishadi!
To‘ylariga bir hafta qolganda qiz bo‘lajak turmush o‘rtog‘iga debdi:
— Sizga gunohlarimni ochiq-oydin gapirib bermoqchiman.
Yigit hayron bo‘lib:
— Axir 3 kun oldin hamma gunohlaringni aytib berganding-ku?! - desa, qiz:
— Yangilari bor! - debdi.
— Assalomu alaykum doktor. Sizga ko‘zimdan shikoyat qilib keldim! Oxirgi paytda judayam qiynalib ketdim. Oshxonaga kiraman deb, molxonaga kirib ketayapman. Uyimga kiraman deb, qo‘shnimnikiga kirib ketyapman. Yaxshilab davolamasangiz bo‘lmaydi!
— Sizni tezda davolamasa bo‘lmas ekan. Axir bu yer bank-ku...
Mashina bu hashamat emas.
Uni ham yedirib-ichirish, kiyintirish kerak.
Shahar tashqarisida 100 km soat tezlikda shoshib ketayotgan haydovchining ko‘zi yo‘l chetidagi "Oq yo‘l! - 50" degan yozuvga tushibdi. Radar bor ekan-da, deb o‘ylagan haydovchi va darhol tezlikni 50 km soatga tushiribdi. Yarim soat yuribdi. Yo‘l chetida yana "Oq yo‘l! - 20" degan yozuv chiqibdi. Aniq YPH xodimlari turgan bo‘lsa kerak, - debdi o‘ziga-o‘zi va 20 km soat tezlikda yura boshlabdi. Yana yarim soat shu past tezlikda haydab ketaveribdi. Bir vaqt "Oq yo‘l! - 5" degan yozuv ko‘ribdi. Aniq reyd bo‘layotgandir, - deb 5 km tezlikda haydabdi bechora. Yurib-yurib qarasa, 5 km dan keyin oldidan "Oq yo‘l!" degan kafe chiqibdi.