— Azizim, tushimda menga tilla uzuk sovg‘a qilganmushsiz...
— Aytganlarimni qilib, yaxshi bo‘lib yursang, yaqinda tilla bilakuzuk ham sovg‘a qilaman, tushingda!
Sudya:
— Guvoh! Aytingchi, 2015 yil 11 noyabr kuni soat 12 dan 43 daqiqa o‘tganda qayerda edingiz?
Guvoh:
— Albatta uyimda, bir qo‘limda soat va ikkinchi qo‘limda taqvimni ushlab o‘tirgandim.
Bir odam sigirini sotmoqchi bo‘lib bozorga olib kelibdi. Xaridor so‘rabdi:
— Sigiringiz sersutmi?
— Ha, suti yaxshi. Ammo bitta kamchiligi bor.
— Qanaqa kamchilik ekan?
— Sog‘ilayotganda qattiq tepadi.
— Hechqisi yo‘q, sigirni xotinim sog‘adi.
"Sohibjamol qizlar! Rasmga tushayotganda labingizni bizlarnikiga o‘xshatishni bas qiling. Bu biz uchun haqorat bo‘lib tuyulmoqda".
Hurmat bilan, o‘rdaklar!!!
— Qizim, senga juda ko‘p joydan sovchilar kelishdi. Endi turmushga chiqmasang bo‘lmaydi, - debdi otasi.
Qizi adasiga:
— Turmushga chiqgim kelmaydi. Chunki onamni sog‘inaman, - desa
— Onangni ham o‘zing bilan olib ketishing mumkin, - degan ekan otasi.
Shifoxonaga og‘ir ahvoldagi uch futbolchini olib kelishibdi. Shifokor ularni olib kelgan odamlardan qanday sabab bilan shu ahvolga tushib qolishganini so‘rash uchun qo‘liga qalam bilan qog‘oz olib, dastlab birinchi futbolchining oldiga yaqinlashdi. Qarasa, birinchi bemor futbolchi tirjayib qotib yotganmish.
— Bu nimaga tirjayib qotib qolgan?
— Eh, so‘ramang, ko‘rmaganni ko‘rgani qursin, bu futbolchi 20 yildan buyon hujumda o‘ynagan, umrida birinchi bor gol kiritdi. Shunga xursandchilikdan shu shaklda qotib qoldi.
Shifokor ikkinchi bemorning oldiga yaqinlashdi. Uyam tirjayib qotib yotganmish.
— Xo‘sh, bu nimaga tirjayib yotibdi?
— Bu himoyachi faoliyati davomida har bir o‘yinda qizil kartochka olib, maydondan haydalgan. Lekin bugun hakam unga hech qanday kartochka ko‘rsatmadi. Shunga quvonchdan.
Do‘xtir tushunarli deganday bosh irg‘ab, navbatdagi bemorning oldiga yaqinlashdi:
— Bu nimaga qotib qolgan unda?
— Tog‘li hududda mashg‘ulot olib borayotgandik, momaqaldiroq bo‘layotgandi. Uzoqroqqa ketgan to‘pni olib kelishga ketganda uni yashin urdi.
— Iya, unda nimaga tirjayib turibdi?
— U suratga olishyapti, deb o‘ylagan.
Bir talaba bozorda hushidan ketib qolibdi. Shunda odamlar:
— Suv olib keling, - deb baqirishsa, talaba hushiga kelib:
— Non esdan chiqmasin dermish.
Yaqindagina haydovchilik guvohnomasini olgan yigit mashinasini burib olishga qiynalib tursa, bir yosh bola o‘tib qolibdi:
— Hoy bola, mashinamni haydayman, qarab tur. Agar simyog‘ochga tegsa aytasan, xo‘pmi?
— Ho‘p bo‘ladi, haydang, haydayvering, - debdi bola.
Bir vaqt "qars" etgan ovoz chiqsa.
— Tegdi amaki, - dermish.
Xirurgiya bo‘limida operatsiya ketyapti. Shu payt chiroq o‘chib qolibdi. Birozdan so‘ng chiroq yonganida qarashsa bemor yo‘q emish. Asisentlar g‘ala-g‘ovur ko‘tara boshlabdi. Xirurg esa xotirjam holda:
— Bo‘ldi tinchlaninglar. Birinchidan, bemor narkozda uzoqqa borolmaydi, ikkinchidan, jigari meni qo‘limda qoldi, - dermish.
— Dada, nimaga oyimga uylangansiz?
Dadasi oyisi tomon o‘girilib:
— Ko‘rdingmi? Bolayam hayron..